Янгиликлар
Ona va bola salomatligi ko'nglimiz xotirjamligidir
Ma'lumki, mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. O'tgan davr mobaynida millat genofondini yaxshilash, fuqarolarning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, aholining uzoq umr ko'rish darajasini oshirish, oilada sog'lom avlod tug'ilishi va ularning tarbiyasi uchun shart-sharoitlar yaratishga oid davlat dasturlari ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Sog'lom va barkamol avlodni shakllantirish, xotin-qizlarning turmush sharoitini har tomonlama yaxshilash yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
“Sog'lom ona va bola mohiyat va ahamiyat”, “Baxt kaliti oilada”, “Ayol huquqi himoyasi dolzarbligi xususida” kabi mavzularda huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
O'zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o'smirlar sog'lig'ini muhofaza qilish borasidagi qonunchilik hujjatlari qabul qilingan boʻlib, bu borada amaliy ishlar ham davom etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, farzand — oila quvonchi, ona — xonadon fayzi. Ularning salomatligi esa ko'nglimiz xotirjamligi, halovatidir. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, “Bu yorug' olamda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining baxtini, kamolini o'ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, o'z zurriyodining har tomonlama sog'lom va barkamol bo'lishini istaydi”.
Xujayli tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti S.Aytmuratov