Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy turlari


Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 30 oktyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda ma’qullangan, 2014-yil 14 maydan qonuniy kuchga kirgan. Qonun 7 bob 51 moddadan iborat. Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga olishdan iborat.
Huquqbuzarlik deb sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmishga aytiladi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgan sari, asrlar davomida o‘z davrining mutafakkir olimlari tomonidan ilgari surilgan qator fikrlar davlatlarning milliy huquq tizimida va undan keyin turli xalqaro konvensiyalar va Paktlarda huquqiy qadriyat sifatida o‘z ifodasini topmoqda. Har bir inson o‘zi istiqomat qilayotgan joyda tinch va osoyishta yashashi uchun shart-sharoit yaratish, uning qonuniy huquq va erkinliklarini, xususan, hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini huquqbuzarlarning g‘ayriqonuniy tajovuzlaridan himoya qilinishiga erishish ana shunday huquqiy qadriyatlardan biri hisoblanadi.
Aslida huquqbuzarlik fenomeni davlat va huquq institutlari paydo bo‘lgan vaqtdayoq vujudga kelgan va har doim ular bilan birgalikda mavjud bo‘lib qoladi, desak yanglishmagan bo‘lamiz. Faqatgina huquqbuzarlik ko‘lami muayyan makon va zamonda o‘zi uchun yaratilgan “shart-sharoitlarga” bog‘liq ravishda yuqori yoki past darajada namoyon bo‘ladi. Shu sababli, huquqbuzarliklarga, ayniqsa, uning xavfli ko‘rinishi – jinoyatchilikka qarshi kurashish tarixan har bir jamiyat va davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Tabiiyki, kishilik jamiyati tarixan o‘zgaruvchan hodisa. Ayniqa, oxirgi yuz yilliklar davomida insoniyat misli ko‘rilmagan darajadagi tezkor taraqqiyot va rivojlanish bosqichini boshidan kechirmoqda. Fan-texnika taraqiyoti, aholining huquqiy ongi va madaniyati, turmush darajasi, mehnat unumdorligi ortib bormoqda. Biroq, qashshoqlik, savodsizlik va ishsizlik darajasining pasayishi kutilganidek huquqbuzarliklar ko‘lamining kamayishiga olib kelmadi, balki ushbu soha vakillari ham taraqqiyot yutuqlaridan barcha qatori foydalana olishlari ma’lum bo‘ldi.
Bundan kelib chiqadiki, potensial huquqbuzar – bu o‘z muammolarini, xususan, moddiy boyliklarga bo‘lgan ehtiyojini boshqalar hisobiga hal etishni istaydigan odamgina emas. Bunday toifadagi shaxslar doirasining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan omillar ham, afsuski, juda ko‘p.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda zamonaviy usullardan foydalanish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga ega.

Nukus shahar adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Seytnazarov