Янгиликлар
26
Taxiatosh tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan 10 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishda amaliy yordam berildi
Taxiatosh tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan 10 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishda amaliy yordam berildi
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.
Bugungi kunda adliya organlarining fuqarolarning huquqiy muammolarini hal qilishdagi hissasi katta. Adliya xodimlari oʻz xizmat vazifalari doirasida fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal qilishi orqali aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan inson manfaati yoʻlidagi islohotlarni qalban his qilishiga turtki boʻlari soʻzsiz.
Shular qatori, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh tumani adliya boʻlimiga 10 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelganligini, lekin O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligini bildirib, holat yuzasidan yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaatlari bo‘lim tomonidan o‘rganib chiqildi va Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida 15 yildan ortiq doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risidagi ariza kiritildi.
Sud muhokamasi natiyjasida sud tomonidan fuqaroligi yo‘q shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida 15 yildan ortiq doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.
Sudning qaroriga asosan Taxiatosh tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan mazkur 10 nafar fuqaroligi yo‘q shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari (ID kartalari) topshirildi.
Babur Kalbaev
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi 2-darajali yurist