Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi qilinayotgan ishlar


Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi obro‘sini yanada oshirish va bu maqsadda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutib turgan masalalar bo‘yicha bugungi kunda eng ahamiyatli masala jamiyatimizda xotin-qizlarimizga har taraflama yordam ko‘rsatish hamda huquqiy savodxonligini oshirish, Yangilangan Konstitutsiyamiz bilan berilgan kafolatlarini tushuntirish bo‘lib hisoblanadi.
Prezidentimizning 2022-yil 1-mart kuni qabul qilingan Farmoni bilan yurtimizda xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlatimiz siyosatining negizlari qilib:
- Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolganlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordamlar ko‘rsatish;
- Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini asrash, ularning elimizda ijtimoiy-siyosiy o‘rinini oshirish, gender tenglik kafolatlarini taʼminlash to‘g‘risidagi ahamiyatli vazifalar belgilab berilgan.
Shularga asosan Amudaryo tumanida yashovchi barcha xotin-qizlarga ayniqsa profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarga huquqiy, tibbiy, psixologik yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan yangiliklar natijasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, tadbirkorlik, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda, shuningdek, yordamga muhtoj xotin-qizlarni moddiy, ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatimiz tomonidan ko‘plab yengilliklar berilmoqda.
Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yana-da oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida PF-80-sonli Farmoni bilan qo‘shimcha yuklatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida uyma-uy yurish natijasida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ham natijali ishlar amalga oshirilmoqda.

Amudaryo tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti   B.Odilov