Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Taxiatosh tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi xodimlarining 325 mln 725 ming soʻm miqdoridagi moddiy yordam va bayram munosabati bilan ragʻbatlantirish pullari undirib berildi


Taxiatosh tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi xodimlarining 325 mln 725 ming soʻm miqdoridagi moddiy yordam va bayram munosabati bilan ragʻbatlantirish
pullari undirib berildi

Taxiatosh tumani adliya boʻlimiga Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 66 nafar xodimlari murojaat qilib, bo‘lim tomonidan mehnat ta’tili berilganligini va ta’til uchun haqi toʻlanganligini, ammo ish beruvchining buyrugʻi mavjud boʻlishiga qaramasdan ta’til bilan birga bir oylik ish haqi mug‘doridagi moddiy yordam pullari, yil davomidagi bayramlar munosabati bilan beriladigan rag‘batlantirish pullari to‘lab berilmaganligini, ushbu pullarni undirib berishda amaliy yordam berishni so‘rab” yo‘llagan murojaati tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudiga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni undirish yuzasidan da’vo ariza kiritildi.
Sud muhokamasi natiyjasida Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlariga jami 325 721 000 so‘m moddiy yordam va rag‘batlantirish pullari undirib berish yuzasidan da’vo arizasi qanoatlantirildi va xodimlarning haqisi toʻlab berilishiga erishildi.

Farangiz Naranova
Taxiatosh tumani adliya bo‘limi boshligʻi