Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Konstitutsiyaviy islohotlar


Konstitutsiyaviy islohotlar

So‘ngi yillarda erishgan yutuqlarimizni, xususan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sudlov, so‘z va e’tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohalaridagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani, naqd pul, valyuta, kredit masalalaridagi muammolar hal qilingani va boshqa ijobiy harakatlar ortga qaytmasligining konstitutsiyaviy himoyasini ta'minlash zarur. Bu yutuqlar, huquq va erkinliklardan nafaqat hozirgi, balki kelajak avlodlarimiz ham emin-erkin foydalanishi uchun, ularni, albatta, Konstitutsiyada muhrlab qo‘yish talab etilmoqda.
Bularning hammasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O‘zbekistonni qurish g'oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma'noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi. Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortdi va xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda. Kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g'amxo‘rlik – davlat siyosatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.
Tariximizda ilk bora O‘zbekiston – ijtimoiy davlat, deb belgilandi. Ya’ni, insonga e’tibor hamda g'amxo‘rlik – davlat va jamiyatning eng asosiy burchi ekani mustahkamlanayapti. Konstitutsiyada kambag'allikni qisqartirish, bandlikni ta'minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlar olishi belgilandi. Umuman davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog'liq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobar ko‘paytirildi.
Bundan tashqari, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta'minlanishi kafolatlandi.
Davlat bebaho tabiiy boyliklarimizni ko‘paytirish, asrab-avaylash va atrof-muhit musaffoligini saqlash choralarini ko‘radi. Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralar belgilandi.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g'risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga egaligi belgilandi. Aholi va kelajak avlod uchun ekologik toza hududni saqlab qolishning konstitutsiyaviy kafolatlari yaratilyapti. Ta'lim olish huquqi va imkoniyati kengaytiriladi, o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ladi. Ijtimoiy davlatga xos yondashuvlar ta'lim sohasiga oid ko‘plab modda va normalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Ta'lim va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshmoqda. Jumladan, fuqarolarning oily ta'lim muassasalarida davlat granti hisobidan o‘qish huquqi qat’iy belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g'risida g'amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilyapti. Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Oliy ta'lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi taqdim etilmoqda. Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi professor-o‘qituvchilar va talabalarning o‘quv jarayonidagi mustaqilligini ta'minlashga xizmat qiladi. Jumladan, keying yillarda ko‘plab nodavlat oily o‘quv yurtlari ochildi, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, 41 ta davlat oily o‘quv yurtiga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.
Yana bir muhim yangilik – davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratishi konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda. Ushbu normaning kiritilishi jamiyatimizda oila mustahkamligi va mo‘’tabarligini barqaror ta'minlashga xizmat qiladi.

Nukus shahar adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi  
bosh yuriskonsulti Sh.Ametov