Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi


Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.07.2024-yildagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-98-son Farmoni qabul qilindi.
   Hujjat bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi. Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi.
   Vazirlik zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklatildi. Jumladan:
      ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
     maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
     maktabgacha ta’limning o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o‘rta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash;
      davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash.
   Maktabgacha taʼlim vazirligi o‘z faoliyatini “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga muvofiq amalga oshirib kelayotgan edi. 2017-yilda O‘zbekistonda Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgandi.
    Eslatib o‘tamiz, “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirilgan edi. O‘shanda Maktabgacha ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi bilan qo‘shib yuborilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashkil etilgandi.

Nukus shahri adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.M.Xojaxmetova