Янгиликлар
Korrupsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasi
Korrupsiya o‘zi nima? Korrupsiya bu shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etiladi. Bunda reyting baholash quyidagi 5 ta yoʻnalish boʻyicha belgilangan indikatorlar asosida amalga oshiriladi: davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi va amaliyotga tatbiq etilgani;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilgani;
davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni koʻrsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilgani;
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarining samaradorligi.
Reyting baholash tizimi 2022-yil 1-fevraldan boshlab, eksperiment tariqasida, oʻz faoliyatida korrupsiyaga qarshi menejment tizimini joriy etayotgan 26 ta davlat tashkilotlari faoliyatiga, 2022-yil 1-iyuldan barcha davlat tashkilotlari faoliyatiga joriy etiladi.
Reyting baholash “E-Antikor.uz” elektron platformasi orqali tashkil etiladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.
Bunda, faoliyati:“yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasini ommalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanadi va amalga oshiriladi; “qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar kiritiladi;
“qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi, uning ijrosi yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning yigʻilishlarida eshitiladi.
Bugungi kunda respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ko‘plab o‘zgarishlar bo‘layotgani barchamiz uchun sir emas. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli Qaroriga asosan haftaning har payshanba kuni “Huquqbuzarliklar profilaktikasi’’ kuni deb e’lon qilingan.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi — huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qo‘llaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi;
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bo`lib hisoblanadi.
Amudaryo tumani adliya
bo’limi Yuridik xizmat ko`rsatish
markazi boshlig’i Sh.Vaisniyazov