Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Fuqaroning pensiyaga chiqish huquqi ta’minlandi


Fuqaroning pensiyaga chiqish huquqi ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmoni bilan adliya organlariga, uyma-uy yurib fuqarolarning huquqiy sohadagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish vazifasi yuklatilgan edi. Ushbu vazifaning ijrosi davomida fuqaro G.Jaqsimuratovaning pensiya yoshiga yetgan bo‘lishiga qaramasdan pensiyaga chiqa olmayotganligidan noroziligi to‘g‘risida murojaati kelib tushdi.
Aniqlanishicha, jami 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan G.Jaqsimuratovaning ishlagan davrlaridan 10 yil 9 oyi ish haqi va ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumotlar topilmaganligi sababli ushbu yillar ish stajiga qo‘shib hisobga olinmagan va natijada pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan 7 yillik eng kam ish stajiga ham ega emasligi sabab qilinib, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan pensiyaga chiqarish rad etilgan.
Vaholanki, Mehnat Kodeksining 125-moddasiga asosan, mehnat daftarchasi, mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Fuqaroning mehnat daftarchasida 15 yillik mehnat staji to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatilganligi sababli uning huquqlarini himoya qilib, Nukus tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat arizasi kiritildi va sudda G.Jaqsimuratovaning ish staji to‘liq tiklanib, fuqaro pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘ldi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qorao‘zak tumani adliya bo‘limi boshlig‘i
Iskenderov Asilbek Bazarbaevich