Янгиликлар
23
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi koʻmagi bilan 20 yoshli qizning tugʻilganligi qayd etilib, guvohnomasi topshirildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi koʻmagi bilan 20 yoshli qizning tugʻilganligi qayd etilib, guvohnomasi topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini va egasining shaxsini O‘zbekiston Respublikasi hududida tasdiqlovchi, pasport egasining shaxsiy biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlari kiritilgan elektron tashuvchi qurilma (chip)ga ega bo‘lgan hujjatdir.
Fuqaro G.Abdiualieva “ishonch telefoni” orqali Adliya vazirligiga murojaat qilib, 2004-yil 31-dekabrda tugʻilgan farzandiga shu kungacha tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olmaganligini, bu esa oʻz navbatida qizining ta’lim olishi, sogʻligʻi, ijtimoiy yordam, bandlik singari munosabatlarga kirishishda muammolarni keltirib chiqarayotganligini bildirgan.
Fuqaroning muammosi oʻrganilganida shu kungacha murojaat egasi shaxsni tasdiqlovchi hujjat olmasdan kelganligi sababli farzandining hujjatlarini rasmiylashtirmasdan kelganligi aniqlandi.
Mavjud muammolar vazirlik tomonidan oʻrganilib, murojat egasiga pasport va 20 yoshli Abdiualieva Lola Sharibaevnaga tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi rasmiylashtirilishida amaliy yordam berilib, murojaatning qanoaatlantirilishiga erishildi.
Elena Sabirova
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Adliya vazirligi sho’ba bosh maslahatchisi