Янгиликлар
21
Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari
Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning ustuvor huquqiy asoslari kator huquqiy normalarda oʼz ifodasini topgan boʼlib, ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
Xususan, 2003-yil 31-oktyabrda qabul qilingan BMT ning Korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi; 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konventsiyasiyasi;
1999-yil 27-yanvardagi Yevropa Kengashining "Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik toʼgʼrisida"gi Konventsiyasi; 1999-yil 4-noyabrьdagi "Korrupsiyauchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik toʼgʼisida"gi Konvensiyalar va boshqalar.
Oʼzbekiston yuqorida taʼkidlangan halqaro normalardan 2008-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi, shuningdek, 2010-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari doirasida qabul qilingan Korruptsiyaga qarshi kurash boʼyicha Istanbul Harakat rejasini ratifikatsiya qilgan.
Аytish joizki, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish hamda ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmokda hamda korrupsiyaga qarshi kurash va uni bartaraf etishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, izchillik bilan amaliy hayotga tatbik etilmokda.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyunьdagi PF-6013-sonli "Oʼzbekistan Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish buyicha qushimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi Farmoni kabul kilindi.
Mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish xamda korruptsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshka dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Korruptsiyaga qarshi kurashish Аgentligi tashkil etildi.
Shu bilan bir katorda,mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib borish boʼyicha kuyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ham qabul etildi.
Jumladan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasining "Korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisida" gi OʼRQ,-419-sonli qonuni;
2020-yil 29-iyunda qabul qilingan "Oʼzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Аgentligi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4761-sonli qarori;
2021-yil 6-iyulьda qabul qilingan "Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhtini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida Korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6257-sonli Farmoni;
2021-yil 6-iyulda qabul qilingan "Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qushimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5177-sonli qarori.
Shuningdek, 2021-yil 22-oktyabrьda qabul qilingan "Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyhalarini korruptsiyaga qarshi ekspertizadan oʼtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5263-sonli qarori va shu kabi hujjatlar.
Xulosa oʼrnida aytganimizda,mamlakatimizda ayni kunda korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha mustahkam huquqiy baza yaratilgan boʼlib,tom maʼnoda korruptsiyaga oid jinoyatlarning oldini olishga xizmat qilishi, shubhasiz.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov