Янгиликлар
21
Kimlarga kontrakt puli toʼlab beriladi
Kimlarga kontrakt puli toʼlab beriladi
Тaʼkidlash joyizki, 2022 yil 6 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 312-sonli qarori imzolandi.
Mazkur qarorga muvofiq mamlakatimizdagi professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari, shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga toʼlov-kontrakt summasining 50 foizgacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari 375 ming soʼmning 50 baravaridan oshmagan miqdorda toʼlab beriladi.
Xususan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga, “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning professional yoki OTMda taʼlim olayotgan toʼlov-kontrakt summasining bir qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, “Mehribonlik” uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan oʼquvchi-talaba;
Ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan, vasiylikka olingan kam taʼminlangan oʼquvchi-talaba;
Oila boquvchilarining kamida bittasi birinchi guruh yoki har ikkalasi ikkinchi guruh nogironligi boʼlgan kam taʼminlangan oilaning professional yoki OTMda taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni boʼlgan oʼquvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabalarga.
Bundan tashqari, qarorga koʼra “Yoshlar daftari”ga doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʼyicha oʼn toʼrt yoshga toʼlgan va oʼttiz yoshdan oshmagan (oʼttiz bir yoshga toʼlmagan) quyidagi toifadagi:
yaьni oila aʼzosi «Temir daftar», «Аyollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj boʼlgan;
boquvchisini yoʼqotgan,
yetim yoki ota-ona qaramogʼidan mahrum boʼlgan;
oʼziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan ishga layoqatsiz;
I-yoki II-guruh nogironligi boʼlgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi boʼlgan;
jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʼlgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi boʼlgan,
ikkinchisi esa ish faoliyatini toʼxtatgan holda bemorga qarashga majbur boʼlgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi boʼlgan;
yuzaga kelgan holatlar sababli ogʼir turmush sharoitida qolgan;
zoʼravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yongʼinlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sogʼligʼiga, mulkiga zarar yetgan;
«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
Haq toʼlanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashgʼulotga ega boʼlmagan;
davolanishga muhtoj boʼlgan bemor yoshlar; jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
muayyan yashash joyiga ega boʼlmagan;
psixologik maslahatga muhtoj;
nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
dehqonchilik yoki tomorqa xoʼjaligini yuritayotgan;
yosh tadbirkor yoki oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida roʼyxatdan oʼtgan yoshlar kiritiladi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov