Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Salohiyatli yosh shifokorning ustama mablag‘lari undirib berildi


Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqaro A. F ning tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida ishlagan davrlaridagi ustama mablag‘larini undirib berishni so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro A. F 2023-yilda oliy ta’lim muassasasini tugatgan va tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida faoliyat yuritib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-may kungi “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-136-sonli Farmonining ikkinchi bandi bilan, yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustamalar to‘lanishi belgilangan.
Biroq, fuqaro A. F ga 2024-yil davomida jami 4,5 mln so‘mlik ustama mablag‘lari to‘lanmay qolganligi aniqlandi. 
Mazkur holat yuzasidan, Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga fuqaro A. F ga ustama mablag‘larini to‘lab berish bo‘yicha taqdimnoma kiritilib, natijasiga ko‘ra to‘lanmay qolgan 4,5 mln so‘mlik ustama mablag‘lari to‘lab berildi va uning huquqlari tiklanishi ta’minlandi.


Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi 
bosh maslahatchisi   N.Saparboyev