Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

INSON HUQUQLARINI TA`MINLASH DAVLATIMIZNING MAQSADI.


Mustaqil demokratik yo`ldan dadil odimlayotgan O`zbekistonning eng ulug` maqsadi, avvalo, xalqimiz mafaatlari ko`zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e`tiborlidir.
Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo`yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Inson huquqlari – shaxsning hayotiy ehtiyoji, yashashi, kamol topishi, uning jamiyat, davlat va boshqa shaxslar bilan aloqasi uchun zarur bo`lgan xususiyatlaridir. Inson huquqlari va erkinliklari tizimi o`z yaralish ibtidosi va rivojlanish mantig`iga ega. Adabiyotlarda “Inson huquqlarining 3 avlod” bosqichi haqida ko`rsatilgan. Ular quydagilardan iborat.
1. Inson huquqlarining birinchi avlodi – fuqarolik va siyosiy huquqlar hisoblanadi.
2. Inson huquqlarining ikkinchi avlodi- bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta`siri ostida shakllandi.
3. Inson huquqlarining uchinchi avlodi- “hamjihatlik huquqlari” deb atalib, ular davlatlardan ustun turuvchi va kollektiv xarakterga ega. Umumiy e`tirof etilgan qoidaga ko`ra bu huquqlar : tinchlikka bo`lgan huquq, bexavotir tabiiy atrof muhitga bo`lgan huquq, insoniyatning iqtisodiy va madaniy merosidan foydalanish huquqi va boshqalar.
Inson huquqlarini himoya qilishning universal mexanizmi hozirda Xalqaro universal tashkilot sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) doirasida inson huquqlarini himoya qilishning universal xalqaro mexanizmi mavjud bo`lib, u ko`p tarmoqlangan tuzilmadan iborat.
BMT Bosh Assambleyasi inson huquqlari sohasida rezolutsiyalar qabul qilish orqali a`zo – davlatlar e`tiborini inson huquqlari borasidagi muammolarga qaratadi va bu borada hamkorlik qilishga da`vat etadi.
Bosh Assambleyaning asosiy vazifalaridan biri - inson huquqlari va asosiy erkinliklarini irqi, jinsi, tili va dinini ajratmagan holda amalga oshirishga ko`maklashish maqsadida inson huqulari masalalarini o`rganish va tadqiq etish ishlarini uyishtirish
O`zbekiston Respublikasining prokuratura organlari huquqni muhofaza qiluvchi, shu jumaladan, inson huquqlarini himoya qilish tizimida muhim va asosiy o`rinlardan birini egalladi. Aynan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini davlat organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qilish O`zbekistonda huquqiy davlat barpo etish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.


Beruniy tumani FHDY
bo`limi 2 darajali inspektori D.Kurbanova