Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Amudaryo tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi orqali 2024-yilning 11 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar


Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishda ortiqcha talablar va tartib-taomillarni qisqartirish hamda soddalashtirish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yil 30 dan ortiq yangi xizmatlarni koʻrsatish joriy etildi.
Davlat xizmatlari sonini yil oxiriga qadar 400 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Jismoniy va yuridik shaxslaring davlat xizmatlaridan foydalanish koʻrsatkichlari yil sayin oshmoqda.
Amudaryo tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy yilning bugungi kun holatiga 59404 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan. Jumladan, 51586 ta davlat xizmatlaridan bevosita markazga murojaat qilgan holda, 7818 ta davlat xizmatlaridan elektron (onlayn) shaklda foydalanishgan.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻrsatkichlari jami 3184 tani tashkil qiladi. Shu jumladan, 233 ta yuridik shaxslar, 2951 ta yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs tashkil etmasdan dehqon xoʻjaliklari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Amudaryo tumani adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2024-yil 3900ga yaqin davlat xizmatlari olis hududlarga chiqqan holda koʻrsatilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023-yildagi “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 612-sonli Qaroriga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur Maʼmuriy reglament jismoniy va yuridik shaxslarga ayrim turdagi maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmatlari adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Reglamentning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Maʼmuriy reglamentning qabul qilinishi natijasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish (birlashtirish) va ularning soni maqbullashtirildi.


Amudaryo tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori:    S.Sultanov