Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“11 yil kutgan onaning orzusi ro‘yobga chiqdi!”


“11 yil kutgan onaning orzusi ro‘yobga chiqdi!”

Beruniy tumanidagi bir onaning 11 yillik muammosi nihoyat o‘z nihoyasiga yetdi. O‘z farzandlarining tug‘ilganligini rasmiy qayd ettirish orzusida yillab sarson bo‘lgan ona muammosi Beruniy tuman adliya bo‘limining ko‘magi bilan hal qilindi.
Farzandining har bir qadamini ko‘z qorachig‘idek asragan ona uchun huquqiy hujjatlar rasmiylashtirish shunchaki byurokratik jarayon emas edi — bu uning farzandlari uchun kelajak sari ochiladigan eshik edi. Aynura va Asqadbekning ona sutiday haqqoniy tug‘ilganligini tasdiqlovchi hujjat yo‘qligi esa qator muammolarni keltirib chiqargan edi.
Muammo qayerdan boshlandi?
2007-yilda Qozog‘iston Respublikasining Almata shahrida tug‘ilgan Aynura va 2011 yilda tug‘ilgan Asqadbekning tug‘ilganligi na Qozog‘iston, na O‘zbekiston FHDY organlarida qayd etilgan. Oila O‘zbekistonga ko‘chib kelgach, bu huquqiy bo‘shliq 11 yil davomida muammo tug‘dirdi. Bolalar ta’lim olishdan tortib, sog‘liqni saqlash tizimidan foydalanishgacha ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi.
Bunday qiyinchiliklardan charchagan ona uyma-uy yurgan adliya xodimiga murojaat qilib, o‘z muammosini bildiradi. Murojaatni ko‘rib chiqqan adliya bo‘limi bu masalaning huquqiy yechimiga zudlik bilan kirishadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksi asosida fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudiga ariza kiritilib, masala sudda ko‘rib chiqiladi va Aynuraning hamda Asqadbekning tug‘ilganlik faktini belgilash haqida sudning hal qiluv qarori chiqariladi.
Natijada 11 yillik huquqiy chigallik barham topib, Aynura va Asqadbekga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi. Farzandlarining qo‘lida guvohnoma borligini ko‘rib, onaning ko‘zlaridagi yoshni so‘z bilan tasvirlash qiyin.
Tug‘ilganlikni qayd ettirish nafaqat qonuniy majburiyat, balki bolaning kelajakdagi huquqlarini ta’minlashning muhim bosqichidir.
Beruniy tuman adliya bo‘limi barchani huquqiy masalalar bo‘yicha murojaat qilishda faol bo‘lishga va hujjatlar rasmiylashtirilishini kechiktirmaslikka chaqiradi. Siz ham o‘z huquqingizdan boxabar bo‘ling!

Saltanat Raimbekova,
Beruniy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i,
I darajali yurist