Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish bo’yicha qonun loyihalari



Prezidentimiz Konstitutsiyani yangilashdek strategik vazifani hal etishda yetti marta emas, yetmish marta o‘ylab, xalqimiz bilan har tomonlama bamaslahat holda qaror qabul qilinishi haqida fikr bildirar ekan, shu o‘rinda jahondagi ilg‘or tajribalarini har tomonlama chuqur o‘rganish va tahliliy xulosalardan keyingina aniq qaror qabul qilish zarurligini ta’kidlagan edilar.
Umuman olganda, xorijiy konstitutsiyaviy o‘zgarishlarni tahlillari shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlar bu jamiyatdagi ekologiya, qadriyatlarning kamsitilishi, millatlararo totuvlik muammolari, xavfsizlik, inson qadri hamda umuminsoniy qadriyatlarni yuqori qo‘yish kabi yo‘nalishlardagi talablar asosida o‘zgartirishlar kiritilgan.
Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Shunga asos 30-aprel kuni bo’lib o’tgan referendum natijasiga ko’ra Konstitutsiyaga bir qancha o’zgartirishlar kiritildi. Bunga qadar 1992 yildan buyon Konstitutsiyaga jami 15 marta o’zgartirish va qo`shimchalar kiritilgan edi. Bu safar esa o’zgartirishlar ko’lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh Qomusimizdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 435 taga oshdi. Umuman, rasmiyga ko’ra, konstitutsiya 65 foizga yangilandi.
Yangilangan Konstitutsiyada inson qadri hamda umuminsoniy qadriyatlar yuqori darajaga qo`yildi.
Prezidentimizning “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bizga inson huquqlari, demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini keng ochib berdi”, deb ta’kidlagani zamirida g‘oyat ulug‘vor haqiqat mujassam.
Konstitutsiyamizda davlat va jamiyat taraqqiyotining huquqiy mafkurasi, xalqimiz yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar qat’iy belgilab berilgani bu fikrning yaqqol isbotidir.

Beruniy tumani adliya bo'limi
Yuridik xizmar ko'rsatish markazi
bosh yuriskonsulti N.Omirbekov