Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

ISHSIZLIK NAFAQASI KIMLARGA TO‘LANADI ?


Ishsizlik nafaqasi O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-bobi 51-58-moddalari orqali tartibga solinadi. Qonunga ko’ra ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan, qonuniy tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi tayinlanadi. Bu turdagi moddiy yordam pullari to‘lovi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi. Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.
Mazkur nafaqa ishsiz deb tan olingan shaxs mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kundan boshlab hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida beriladi.
Qonunga ko‘ra, ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi shart. U ishga joylashtirish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish bo‘yicha yo‘llanma olish uchun bir oyda kamida ikki marta mahalliy mehnat organiga murojaat qiladi.
Ishsizlik nafaqasi ishsiz shaxsning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yillik o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanadi. Boshqa hollarda ishsizlik nafaqasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foizda hisoblanadi.
Ishsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining 50 foizi miqdorida;
harbiy xizmatdan, Ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlaridan bo‘shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizida;
ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash yoki ishga joylashish imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 26,5 foizi miqdorida;
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan ishsiz shaxslarga:
mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek 12 oy mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi o‘n ikki kalendar haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatishni yoki malakasini oshirishni talab qilmasa, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan miqdorda;
boshqa hollarda, shu jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan shaxslarga, mahalliy mehnat organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 26,5 foizi miqdorida;
ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o‘tgandan, malaka oshirishni tugatgandan keyin mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo‘lmagan miqdorda.

Amudaryo tuman adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Tojiboyev