Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Diniy ekstremizm va terrorizmdan ogoh bo’ling


Ma'lumki, ekstremizm va terrorizm eng xatarli hamda oqibati eng xunuk jinoyat hisoblanib, butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi illatdir.
Hozirda dunyoda ko'plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo'lib ularning muayyan qismi Islom dini niqobi ostida faoliyat yuritmoqda.
Diniy ekstremizm-jamiyat uchun an'anaviy bo'lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo'lgan g'oyalarni aldov va zo'ravonlik bilan targ'ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 01.07.2021-yildagi PF-6255-son Farmoni bilan 2021-2026 yillarga mo'ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” tasdiqlandi.
Bugungi kunda ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari diniy aqidalar niqobi ostida yoshlarni zo'ravonlikka, milliy o'zligini, madaniy-ma'rifiy va oilaviy qadriyatlarini yo'qotishga undash yo'li bilan jamiyatda zo'ravonlik va radikal qarashlarni tarqatishni davom ettirmoqda. Bularning barchasi fuqarolarni ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari safiga jalb qilish uchun shart-sharoit yaratmoqda.
Davlatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek qo'yish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga qaratilgan yanada samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va xalqaro darajada sa'y-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan, qirg'in solishga yoki fuqarolarni zo'rlik bilan ko'chirib yuborishga da'vat etadigan yoxud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shuningdek diniy-ekstremistik, terrorchilik tashkilotlarining atributlarini yoki ramziy belgilarini tarqatish yoxud namoyish etish maqsadida tayyorlash, saqlashda O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga ko'ra jinoiy javobgarlik belgilangan.

Taxiatosh tumani adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi boshlig’i    O.Babanov