Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning aliment majburiyatlari hamda tugatilishi


Aliment majburiyati oila aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladi. Aliment majburiyatlari mulkiy-huquqiy munosabatlar doirasiga kirib, shu bilan birga oʻzining baʼzi bir maxsus belgilariga va xususiyatlariga ega.
Aliment majburiyatining fuqarolik huquqidagi majburiyatidan farq qiladigan tomonlari mavjud. Aliment majburiyati shunday huquqiy munosabatki, u qonunda belgilangan yuridik faktlar sodir boʻlganda vujudga keladi. Amaldagi qonunchilikda aliment majburiyatlarida bir qator yangi qoidalar belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 117-moddasiga asosan er-xotin bir-biriga moddiy yordam berishi shartligi, bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda, yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan e’tiboran uch yil davomida, o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan o‘rtadagi bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan er (xotin) yordam berishga qodir bo‘lgan xotindan (erdan) sud tartibida ta’minot (aliment) olish huquqiga egaliklari belgilangan.
Shuningdek, mazkur qonunchilikka asosan, yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan:
- sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida;
- o‘rtadagi nogironligi bo‘lgan bolani u o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj bo‘lgan sobiq xotin (er);
- nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
- nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 121-moddasiga asosan er (xotin)ning aliment olish huquqining tugashi ya`ni er-xotinning bir-biridan ta’minot olish huquqi ushbu Kodeksning 117 va 118-moddalariga muvofiq ta’minot olish uchun asos bo‘lgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi. Bunday hollarda, agar ta’minot uchun mablag‘ sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan bo‘lsa, uni to‘lashi shart bo‘lgan er (xotin) bundan buyon aliment to‘lashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqliligi belgilab qo`yilgan.

To`rtko`l tumani adliya bo`limi
FHDY bo`limi 2-toifali inspektori
A.Nurullayeva