Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Inson huquqlarini himoya qilishga oid hujjatlar


                                   Inson huquqlarini himoya qilishga oid hujjatlar

Mustaqil demokratik yoʼldan dadil odimlayotgan O`zbekistonning eng ulugʼ maqsadi, avvalombor, xalqimiz manfaatlari ko`zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilganlgi bilan eʼtiborlidir.
Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qoʼyilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II -bob 13 -moddasida “Oʼzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi deb belgilangan.
O`tgan davr mobaynida yurtimizda Konstitutsiyamiz, qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq meʼyorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish, inson huquqlari sohasida O`zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish, mamlakatimizda inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan milliy maʼruzalar tayyorlash, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, shuningdek, inson huquqlari boʼyicha jamoat birlashmalariga maslahatlar berish, inson huquqlarini ragʼbatlantirish va muhofaza qilishning turli jihatlari yuzasidan tadqiqotlar oʼtkazish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli ado etib kelmoqda.
Oʼzbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, yaʼni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi.
Xalq farovonligi yoʼlida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qoʼyish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning taʼsirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari boʼyicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qoʼllab-quvvatlash dasturiga muvofiq,Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996- yil 31- oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari boʼyicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qoʼyildi.
Shu asnoda, 1996 -yil 13 noyabrdagi “Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari toʼgʼrisida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori Milliy markaz faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosi hisoblanadi.
Ushbu qaror orqali Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi toʼgʼrisidagi Nizom va Milliy markaz tuzilmasi tasdiqlangan.
Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Milliy markazi davlatga qarashli idoralararo tahlil, tushuntirish va muvofiqlashtirish organi hisoblanadi.
Mazkur organ inson huquqlari sohasida davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, inson huquqlari sohasidagi ishlar milliy rejasini ishlab chiqadi, Oʼzbekistonning inson huquqlari boʼyicha milliy maʼruzalarini tayyorlaydi, davlat xizmatchilari uchun esa inson huquqlari muhofazasi sohasida axborot bazasini yaratadi, ularni oʼqitadi, maslahatlar beradi va tashviqot ishlarini olib boradi.
Oʼzbekistonda Inson huquqlari boʼyicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar oʼtkazish amalga oshirildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2008-yil 1-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilindi.
Mamlakatimiz insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlashga doir konstitutsiyaviy qonunlar, kodekslar va boshqa qonunlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda.
Jumladan, “Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʼgʼrisida”gi, “Oʼzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʼgʼrisida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari toʼgʼrisida”gi, “Xayriya toʼgʼrisida”gi va boshqa qonunlarning qabul qilinishi inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga zamin boʼlmoqda.
Oʼzbekistonda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan printsip va normalari ustunligi konstitutsiyaviy asosda eʼtirof etiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz inson huquqlari boʼyicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar, xususan, BMT tomonidan inson huquqlari boʼyicha qabul qilingan 10 ta majburiy xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, oʼzining xalqaro majburiyatlarini muntazam ravishda bajarib kelmoqda.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Аvazmetov Bekpulat