Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

14-dekabr-Qoraqalpogʼiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilingan kun


14-dekabr-Qoraqalpogʼiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilingan kun

Taʼkidlash joyizki, soʼnggi yillarda Qoraqalpogʼistonda aholi hayotida, shuningdek turmushida katta oʼzgarishlar, va yangilanishlar yuz bermoqda.
Аyniqsa, davlatimiz rahbarining tashabbuslari va belgilab bergan dolzarb vazifalari kundalik hayotimizda muhim ahamiyatga ega boʼlmoqda.
Bugungi kunda aholi farovonligini taʼminlash yoʼlida yurtimizning barcha hududlari singari Qoraqalpogʼiston Respublikasida ham chin maʼnoda, taraqqiyot, yangilanishlar davri sifatida eʼtibor qaratilyapti. Qoraqalpogʼistonda bu har bir jabhalarda yaqqol koʼzga tashlanmoqda.
Shu asnoda, 1992-yil 14-dekabrь kүni Qaraqalpaqstan Respublikasi Joʼqorgʼi Kengashining oʼn ikkinchi sessiyasida “Qoraqalpogʼiston Respublikasi davlat bayrogʼi toʼgʼrisidagi” qonuni qabul qilinishi ham bejiz emas.
Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼi tom maʼnoda Qoraqalpogʼiston Respublikasining suveren davlat ekanligini bildiradi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼi moviy rang, sariq va yashil ranglardan iborat boʼlib, markazida sariq rangni oq va qizil rangli yoʼlaklar ajratib turadi.
Bayroqning moviy rangi bahor yoshligi – suvning mangu timsoli hisoblanadi.
Sariq rang esa, Qoraqalpogʼiston hududining ulkan qismi sahrolardan iborat ekanligini bildiradi.
Yashil rang esa tabiatning yangilanishining, maʼnaviy yasharish, ishonchining va quyoshning belgisidir. Bayroqdagi endi tugʼilgan oy musulmonlarning muqaddas timsoli boʼlsa, besh yulduzning rasmi Qoraqalpogʼistonning qadimiy va navqiron besh shahrining – qoraqalpogʼistonliklarning turmush va ishonch qoʼrgʼonlarining timsoli hisoblanadi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼi Qoraqalpogʼiston Respublikasining rasmiy vakillarini xorijiy safarlarda, xalqaro anjumanlarda, koʼrgazmalarda va sport oʼyinlarida Qoraqalpogʼiston Respublikasini jahonga tanitadi.
Xulosa oʼrnda aytganda, Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼi xalqaro maydonda boshqa davlatlarning bayroqlari bilan teng turadi, Qoraqalpogʼiston Respublikasining fuqarolari va bu yerda yashaydigan boshqa insonlar Qoraqalpogʼiston Respublikasining Davlat bayrogʼini hurmat qilishlari va davlat bayrogʼini koʼz qorachigʼidek asrash, uni ulugʼlash va balandlarga koʼtarish – har birimiz uchun ona Vatan oldidagi farzandlik burchimiz hisoblanadi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov