Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

10-dekabr – Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun


10-dekabr – Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Maʼlumki,1992-yil 10-dekabr tariximizga mustaqilligimizni mustahkamlash davrining eng muhim voqeligi sodir boʼlgan kun sifatida kirdi.
Chunki, 1992-yil 10-dekabr kuni «Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida»gi Qonuni qabul qilindi.
Taʼkidlash joyizki,yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʼzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʼzining yorqin ifodasini topdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Oʼzbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Mazkur qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qoʼyilgan. Oʼzbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.
Madhiyamiz Oʼzbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. Oʼzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Аbdulla Oripov sheʼri, Oʼzbekiston xalq artisti, atoqli kompozitor Mutal Burhonov musiqasi asosida ishlab chiqilgan madhiyamizda musaffo osmonimiz, baxtli va farovon hayotimiz, xalqimizning asriy orzulari, kelajakka yorugʼ umidi va mustahkam ishonchi teran ifodalangan.
Hech bir shubhasiz,madhiya – qalbida oʼz Vataniga muhabbat va sadoqat tuygʼusi bor har qanday kishida milliy gʼurur, oʼziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uygʼotadi. Bu milliy timsolda xalqning oʼtmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-oʼyi, maslak-maqsadi mujassam.
Barchamiz, Oʼzbekiston davlat madhiyasi yangraganda, «Serquyosh» soʼzi jaranglashi bilan butun vujudimizda ajib yentikish, hamda dilimizda cheksiz iftixor tuygʼusini his etamiz.
Oʼzbekistonda mustaqillik yillarida xalqimizning maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy oʼzligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar boʼlib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita boʼlib xizmat qilmoqda.
Madhiya faqat madh yetish uchun emas, balki eʼtiqodning ifodalanishidir. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzulari, uning yezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. Davlat madhiyasining huquqiy maqomi maxsus qonun bilan mustahkamlanib, uning maqsadi davlat suverenitetiga boʼlgan eeʼtiqodning rasmiyligini taʼminlash, davlat suverenitetining idrok qilinishi uchun matn va musiqa yordamida ifodalashdan iboratdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi mustaqillikka eʼtiqodni targʼib qiladi. Uning matni fuqarolarimizni mustaqil davlat qurish yoʼlida matonat va jasoratga, sabr-toqat va fidokorlikka, tashabbuskorlik va kurashga chaqiradi, milliy gʼururni uygʼotadi. Madhiyamiz bayramlar, siyosiy chiqishlar, sport anjumanlari, rasmiy davlat qabullari, ahamiyatli mitinglar, turli davlat boshliqlarini kutib olish va kuzatish marosimlari hamda qonun bilan belgilangan boshqa hollarda ijro etilib, davlat suverenitetiga eeʼtiqod va hurmatni rasmiy musiqa hamda matn bilan ifoda etadi.
Xulosa oʼrnida aytganda, davlat ramzlari ham vatanparvarlik fazilatini shakllantiruvchi, shu aziz yurtimizni jonu dildan sevishga undovchi muhim vosita boʼlib. istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorugʼ kelajagini sharaflovchi bu tarona asrlar osha baralla yangrayveradi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Bekpulat Аvazmetov