Янгиликлар
14
Elektr va tabiiy gaz uchun ehtiyojmand oilalarga kompensaciya beriladi
Elektr va tabiiy gaz uchun ehtiyojmand oilalarga kompensaciya beriladi
Hukumat qarori bilan elektr va tabiiy gaz narxi joriy yilning 1 mayidan oshirildi. Shuningdek, elektr va tabiiy gazdan foydalanish meyorlari, ortiqcha ishlatilganda qimmatroq narxda to’lash, ehtiyojmand oilalarga oshirilgan to’lovlar uchun kompensaciya berish tartiblari belgilandi.
1. Aholiga elektr uchun meyorlar va narxlar qancha?
Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan elektr plitalari bilan jihozlangan ko’p kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy istemolchilar uchun bir oydagi istemoldan kelib chiqib:
Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan elektr plitalari bilan jihozlangan kwp kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy istemolchilar uchun bir oydagi istemoldan kelib chiqib:
— oyiga 200 kVt soatgacha;
— oyiga 201 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;
— oyiga 1001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;
— oyiga 5001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;
— oyiga 10001 kVt soat va undan yuqori.
2024 yil
1 maydan
225 so'm
450 so'm
675 so'm
787,5 so'm
900 so'm
2025 yil
1 apreldan
300 so'm
500 so'm
750 so'm
875 so'm
1 000so'm
Boshqa aholi uchun bir oydagi istemoldan kelib chiqib:
— oyiga 200 kVt soatgacha;
— oyiga 201 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha;
— oyiga 1 001 kVt soatdan 5 000 kVt soatgacha;
— oyiga 5 001 kVt soatdan 10 000 kVt soatgacha;
— oyiga 10 001 kVt soat va undan yuqori.
450 so’m
900 so’m
1 350 so’m
1 575 so’m
1 800 so’m
600 so’m
1 000 so’m
1 500 so’m
1 750 so’m
2 000 so’m
2. Aholiga gaz uchun meyorlar va narxlar qancha?
Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga (gazni hisobga olish priborlari mavjud bo’lganda): 2024 yil
1 maydan 2025 yil
1 apreldan
a) noyabr–fevral oylari davomida bir oydagi istemoldan kelib chiqib:
— oyiga 500 kub metrgacha;
— oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha;
— oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;
— oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;
— oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.
650 so’m
1 500 so’m
1 950 so’m
2 275 so’m
2 600 so’m
1 000 so’m
1 800 so’m
2 100 so’m
2 500 so’m
3 000 so’m
b) mart–oktyabr oylari davomida bir oydagi istemoldan kelib chiqib:
— oyiga 100 kub metrgacha;
— oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha;
— oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha;
— oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha;
— oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori.
650 so’m
1 500 so’m
1 950 so’m
2 275 so’m
2 600 so’m
1 000 so’m
1 800 so’m
2 100 so’m
2 500 so’m
3 000 so’m
3. Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi malumotlar har oyda yuboriladi
2024 yil 1 iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bo’yicha oylik malumot «bazaviy meyor» va undan ortiq hajmlar kesimida istemolchilarga yuboriladi.
4. Ehtiyojmand oilalarga meyordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun pul beriladi
Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensaciyalar beriladi:
– noyabrda 270 ming so’m miqdorida bir martalik moddiy yordam;
– elektr va gaz bo’yicha bazaviy meyordan oshgan narxlar o’rtasidagi farq kompensaciya qilib beriladi:
gaz uchun – oyiga bazaviy meyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;
elektr uchun – oyiga bazaviy meyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun tu’lovlar oktyabr oyidan boshlab to’lanadi.
5. Kimlar ehtiyojmand oila hisoblanadi?
Ehtiyojmand oila sifatida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi.
«Mahalla ettiligi» tomonidan Yagona reestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qo’shimcha royxati shakllantiriladi.
6. Ehtiyojmand oilalar kompensaciya olish uchun kimga murojaat qilishi kerak?
Kompensaciya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.
Bunda, arizada pasport malumotlari, abonent raqami va telefon raqami ko’rsatiladi.
Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ, «Hududgaz-taminot» AJ bilan birgalikda o’rganiladi.
O’rganish natijasi asosida kompensaciya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga o’tkazib beriladi.
7. Plastik kartasi bo’lmagan ehtiyojmand oilalarga karta bepul ochib beriladi
Hokimliklar Xalq banki bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan royxatga muvofiq 2024 yil 1 noyabrgacha bank plastik kartasi bo’lmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini taminlaydi.
Shumanoy tuman adliya bo‘limi YXKM boshlig‘i B.J.Utemuratov