Янгиликлар
02
Ona tilim - faxrim, gʼururim
Ona tilim - faxrim, gʼururim
Barchamizga maʼlum til - dunyo xalqlari oʼrtasida oʼzaro qarim-qatnashuv va aloqa qilish vositasi boʼlish bilan birga, necha asrlardan buyon oʼzining qadr-qimmatini yoʼqotmay bizgacha yetib kelgan xalqimizning bebaho xazina ham sanaladi.
Shuni aytish kerakki, har bir xalqning oʼzining milliy urf-odatlari, ayriqchaligi va rivojlanuv bosqichlari va uning yorqin kelajagini ham belgilashda tilning oʼrni alohida sanaladi.
1989-yil 1-dekabr – Qoraqalpogʼiston tarixidagi muhim sanalardan biri hisoblanadi.
Аyni shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. 1989-yil 1 dekabr – Qoraqalpogʼiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan.
Taʼkidlash kerakki, Qoraqalpoq tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub tillardan; qozoq va noʼgʼay tillari bilan birgalikda qipchoq tillarining qipchoq-noʼgʼay guruhchasini tashkil etadi.
Аsosan, Qoraqalpogʼistonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozogʼiston va Turkmanistonning unga qoʼshni hududlarida, Rossiya Maʼlumot uchun, qoraqalpoq yozuvi ham xuddi oʼzbek yozuvi kabi bir necha bosqichlarni boshidan oʼtkazgan. U 1928 yilgacha arab alifbosi asosida yozilgan boʼlsa, keyin lotin alifbosiga oʼtdi. 1940-yilda kirill yozuviga, 1994-yilda esa yana lotin alifbosini qabul qilgan.
Bugungi kunda, mamlakatimizda qoraqalpoq tilini yanada boyitishga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, qoraqalpoq tilidagi yangi darsliklar bilan qoʼllanmalar, badiiy kitoblar nashrdan chiqarilayotgani, ilmiy anjumanlar va boshqa tadbirlarning tashkil etilayotgani, Ibroyim Yusupov nomidagi qoraqalpoq tili va adabiyoti fanini chuqur oʼrgatishga ixtisoslashgan ijod maktabining ochilganini qayd etish mumkin.
Аdiblar xiyobonida qoraqalpoq shoir va yozuvchilarining haykallari oʼrnatilishi shular jumlasidandir.
Taʼkidlash joyizki, har bir xalqning oʼziga xos xususiyatini, taraqqiyoti va kelajagini belgilashda ona tilining oʼrni alohida sanaladi.
Bu borada, qoraqalpoq adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishiga salmoqli hissa qoʼshgan buyuk mumtoz shoir Ajiniyoz Qoʼsiboy oʼgʼli barchamizga gʼurur va iftixor tuygʼusini bagʼishlaydi.
Shuni ham aytish kerakki, Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda davlat tilini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor natijasida ona tilimizning nufuzi va qadr-qimmati yildan-yilga ortib bormoqda.
Soʼnggi yillar mobaynida, bu borada qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani, Vazirlar Kengashi huzurida Qoraqalpoq tilini rivojlantirish departamenti va Qoraqalpoq tilini rivojlantirish jamgʼarmasi faoliyat olib borayotgani, qardosh xalqlar va jahon adabiyotining saylanma asarlari qoraqalpoq tiliga tarjima qilinayotgani, qoraqalpoq tilida audio-kitoblarning chiqarila boshlangani, ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida qoraqalpoq tilidan keng foydalanilgani bularning barchasi davlat tilini rivojlantirish yoʼnalishida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarning samarasidir.
Shu bilan birga, bugungi zamon talabidan kelib chiqib, qoraqalpoq tilini raqamlashtirish boʼyicha ham bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, qoraqalpoq tilidagi audiokitoblar platformasi va mobil ilovasi yaratilganligi, jahon adabiyoti, oʼzbek va qoraqalpoq adabiyotining yuzga yaqin eng mashhur asarining audio varianti tayyorlanganligi har bir yurtdoshimizda alohida gʼurur va iftixor tuygʼularini uygʼotmoqda.
Аyni kunda, ona tilimizni yoshlarimizga chuqur oʼrgatish va bunday muvaffaqiyatli vazifani amalga oshiradigan oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash bugungi kunning muhim yoʼnalishlaridan sanaladi.
Hozirgi vaqtda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Аjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida qoraqalpoq tili mutaxassisligida koʼplagan yoshlar taʼlim olmoqda.
Xulosa oʼrnida aytganimizda, hozirgi globallashuv va axborot asrida ona tilimizni sof saqlash va uni kelajak avlodga bezavol yetkazish barchamizning eng ezgu maqsadlarimizdan biridir.
Ushbu muhim vazifaning tub ahamiyatini chuqur his qilib, tushunib yoshlarimizni ona tilimizga, milliy qadriyatlarimizga sadiqlik ruhida tarbiyalash, yoʼlida barchamizdan fidoilik bilan ishlash talab etiladi.
Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
Аvazmetov Bekpulat