Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish tartibi


Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish tartibi

    Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish haqidagi ariza beruvchi 16 yoshga to’lgandan keyon u yashab turgan joydagi FHDYo organi tomonidan ko’rib chiqiladi.
-Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi.
-Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish ichki ishlar organlari xulosasi asosida amalga oshiriladi.
-Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ariza ariza berilgan kundan boshlab 2 oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. Uzrli sabablar (ishni rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan dalolatnoma yozuvi nusxalarining boshqa FHDYo organlaridan, ichki ishlar organlari xulosasining kechikib olinishi va boshqalar) mavjud bo‘lganda FHDYo organi mudiri ushbu muddatni 1 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga uzaytirishi mumkin.
-Ushbu xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilib olish mumkin.
Familiya, ism va ota ismini o’zgartirish asoslari:
-milliy-tarixiy an’analarga muvofiq bo‘lsa;
-sudning hal qiluv qarori asosida;
-agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa;
-agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa;
-xohishga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda;
-oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa);
-16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi.
Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirishga taqdim etiladigan hujjatlar:
-ariza beruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
-agar ariza beruvchi nikohda turgan bo‘lsa, u holda nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi, agar nikohdan ajratilgan bo‘lsa — nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomasi;
-agar ariza beruvchining voyaga etmagan bolalari bo‘lsa, u holda bolalarining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari;
-ariza beruvchining pasportidan yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan ko‘chirma;
-agar ariza beruvchi voyaga etmagan yoki sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa, u holda ota-onasining yoxud vasiy yoki homiyning arizasi;
1 dona (3x4 o‘lchamli) fotosurat.

Beruniy tumani adliya bo'limi Yuridik xizmar ko'rsatish markazi bosh yurist konsulti G.Batirova