Янгиликлар
25
Nikoh tuzish tartibi.
Nikoh tuzish tartibi.
Davlatimizda nikoh tuzish tartibi 1998 yil 30-aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksida ko’rsatilgan bolib. Unga ko’ra Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYo organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.
-Uzrli sabablar bo‘lganda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga etmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi — emansipatsiya) FHDYo organi bir oy o‘tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin.
-Alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar) nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin.
-Nikohni qayd etish muddatini uzaytirish nikoh tuzuvchilarning birgalikdagi arizalariga binoan ko‘rib chiqiladi. Ayrim hollarda etarli asoslar bo‘lgan taqdirda, shuningdek FHDYo organining tashabbusi bilan ushbu muddat uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
-Ushbu xizmatni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilib olish mumkin.
Nikoh tuzish yoshi:
Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan;
Uzrli sabablar bo‘lganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga etmagan shaxsning to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga ko‘ra nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga etmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
-Shuningdek, mazkur harakatlar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Nihok tuzishga monelik qiladigan holatlar;
loaqal bittasi ro‘yxatga olingan boshqa nikohda turgan shaxslar o‘rtasida;
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
loaqal bittasi ruhiyat buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar o‘rtasida yo‘l qo‘yilmaydi.
Nikoxlanuvchi shaxslarning tibiy ko’rikdan o’tkazish:
Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rigi ularning yashash joyidagi psixiatr vrachlar, narkologlar, teri-tanosil kasalliklari vrachlari, ftiziatrlar (dispanser va tuman kabinetlari) tomonidan tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun asos hisoblanadigan FHDYo organlari tomonidan berilgan yo‘llanma bo‘yicha bepul o‘tkaziladi.
Nikohlanuvchi shaxslar 50 yoshdan oshgan bo‘lsa, shuningdek alohida hollarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalar) ushbu shaxslar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Beruniy tumani adliya bo'limi Yuridik xizmar ko'rsatish markazi boshligi M.Kamalova