Янгиликлар
25
Bolalar huquqlari
Bolalar huquqlari
Bola huquqlari – har bir bola (18 yoshga to‘lmagan shaxs bola hisoblanadi) hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir. Bolalar va yoshlar kattalar bilan bir xil inson huquqlariga ega va bu barcha tomonidan tan olinadi.
Bolalar huquqlari yoki bolalar huquqlari inson huquqlarining bir qismi boʻlib, voyaga etmaganlarga alohida himoya va gʻamxoʻrlik qilish huquqlariga alohida eʼtibor beradi. Shu munosabat bilan bolalarning huquqlarini himoya alohida e’tibor berilmoqda.
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy darajada ko‘plab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya hisoblanadi. Konventsiya Nyu-Yorkda 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan.Kenventsiyada bolalarning huquqlari ko’rsatilgan bo’lib, Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatimiz mazkur konventsiya 1992 yil 9-dekabda ratifikatsiya qilib bolalarning huquqini himoya qilishda alohida e’tibor berib kelmoqda.
Davlatimizda bolalar huquqlarin ta’minlash bo’yicha milliy qonunchilik tizimida bolalar huquqi himoya qilish bo’yicha qonun hujjatlari qabul qilgan bolib, Eng avval O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida,1998 yil 30-aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi va O’zbekiston Respublikasining “Bolalar huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlarda bolalarning huquqlar mustahkamlab qo’yilgan.
Konvensiya barcha bolalarning asosiy insoniy qadr-qimmatini va ularning farovonligi hamda rivojlanishini ta’minlashning dolzarbligini tan oladi. Konvensiyaga ko‘ra, bolalar huquqlarini himoya qilishning asosiy prinsipi – bolalar manfaatlarining ustuvorligini tan olishdir.
Har bir bola oziq-ovqat, birlamchi tibbiy yordam va rasmiy ta’lim, o‘yin va dam olish kabi asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lgan g‘amxo‘r, mehribon hamda yetarli turmush darajasiga ega bo‘lgan oilada o‘sish huquqiga ega. Bundan tashqari, har bir bola e’tiborsizlik va zo‘ravonlikdan himoyalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan. Hususan, Konstitutsiyaning 78-moddasidan quyidagicha norma o‘rin olgan:
“Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.
Beruniy tumani adliya bo'limi
Yuridik xizmar ko'rsatish markazi bosh yurist konsulti Sh.Masharipov