Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Davlat xizmatlarini olishda Face-ID tizimi: Farmon qanday o‘zgarishlarni olib keladi?


  Davlat xizmatlarini olishda Face-ID tizimi: Farmon qanday o‘zgarishlarni olib keladi?

2024 yil 24 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Farmonning asosiy maqsadi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face-ID texnologiyasining joriy qilish orqali davlat xizmatlarini aholiga tez, samarali qulay usulda ko‘rsatilishini va har qanday mavjud to‘sqinliklarni bartaraf etish, xavfsizlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur farmon bilan, yil yakuniga qadar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi.
Face-ID tizimini joriy etishning afzalliklari:
Face-ID — bu shaxsning yuzini tanish orqali identifikatsiya qilish (ya’ni, shaxsni aniqlash) texnologiyasidir. Bu tizim kamera orqali foydalanuvchining yuzining o‘zgarmas anatomik xususiyatlarini (masalan, ko‘zlar, burun va og‘izning joylashuvi va boshqa qayd etish mumkin bo‘lgan belgilar) skanerlaydi va ularni ma’lumotlar bazasida saqlangan ma’lumotlar bilan solishtirib, shaxsni aniqlashga imkon beradi.
Face-ID tizimi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarning shaxsini tekshirishni juda oson va tez amalga oshirish imkonini beradi. Tizimda fuqarolarning shaxsini tasdiqlash uchun hujjatlar taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu jarayon yuzni aniqlash orqali amalga oshiriladi, ya’ni fuqaro shunchaki kameraga qarab, shaxsini aniqlatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada osonlashtiradi va aholiga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, Face-ID tizimi davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida shaxsni aniqlashda yuqori darajada xavfsizlikni amalga oshiradi va ta’minlaydi.  
Face-ID tizimidan autentifikatsiyadan o‘tish jarayonida parollar, PIN-kodlar yoki boshqa identifikatsiya usullarini kiritishga ehtiyoj bo‘lmaydi, bu esa foydalanuvchini yodda saqlash va qayta kirishdagi muammolarni hal qiladi.
Bu elektron xavfsizlikni ta’minlashda yangi darajaga olib keladi, chunki parollar va SMS kodlar yoki identifikatsiya bo‘yicha so‘rov kodlari bilan bog‘liq xavflar bartaraf etiladi.
Face-ID dan foydalanish jarayonida elektron platformalarga kirishda shaxsga doir biometrik ma’lumotlar uzoq muddat saqlanmaydi va ular faqat autentifikatsiya uchun ishlatiladi. Bu fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Face-ID texnologiyasining joriy etilishi davlat xizmatlari sohasida yangi imkoniyatlar va xavfsizlik standartlarini yaratadi. Bu tizim orqali davlat xizmatlariga murojaat qilishning qulayligi, xavfsizligi va samaradorligi oshishi bilan birga fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Taxiatosh tumani adliya bo‘limi
Davlat xizmatlari markazining
bo‘lim boshlig‘i A.Orazimbetov