Янгиликлар
26
Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim to'g'risidagi hujjatlarning dublikatini berish tartibi to'g'risida
Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim to'g'risidagi hujjatlarning dublikatini berish tartibi to'g'risida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 iyuldagi 395-son qarori “Oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim to'g'risidagi hujjatlarning dublikatini berish ” bo'yicha ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat etadi yoki YaIDXPda ro'yxatdan o'tadi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan so'rovnomani elektron tarzda to'ldiradi.
Ariza beruvchi so'rovnomani YaIDXP orqali to'ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
Davlat xizmati ko'rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig'im undiriladi va yig'im to'langanligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi. Davlat xizmatlari ko'rsatish uchun yig'imni to'lamaslik davlat xizmati ko'rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Vakolatli organ so'rovnoma tushgan vaqtdan boshlab o'n ish kuni mobaynida tegishli ta'lim muassasalari hamda Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida oliy, o'rta maxsus va professional ta'lim to'g'risidagi hujjat dublikatini o'z imzosi va muhri bilan rasmiylashtiradi hamda bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi ta'lim to'g'risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvchining xohishiga ko'ra, ta'lim to'g'risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin.
Bunda vakolatli organ davlat xizmati natijasi tayyor bo'lganligi haqida «O'zbekiston pochtasi» AJni elektron tizim orqali xabardor qilgandan so'ng «O'zbekiston pochtasi» AJ ta'lim to'g'risidagi hujjat dublikatini vakolatli organ manzilidan ariza beruvchining manziliga besh ish kuni mobaynida yetkazib beradi. Pochta aloqasi orqali yetkazilgan davlat xizmatlarining natijasi uchun amalga oshiriladigan to'lovlar ariza beruvchi tomonidan qoplanadi.
Taxiatosh tumani adliya bo'limi
Davlat xizmatlari markazi
bo’lim bo’shlig’i Sh.Sariyev