Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot”ni tashkil qilish to‘g‘risida


“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot”ni tashkil qilish to‘g‘risida

Prezidentning 30.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi                PQ-200-son qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish boʻyicha respublika komissiyasi, shuningdek hududlarda tadbirkorlar muammolarini oʻrganish va hal qilish boʻyicha ishchi guruhlar tuziladi.
Respublika komissiyasining asosiy vazifalari:
- ochiq muloqotni yuqori saviyada oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni tezkor va sifatli amalga oshirish, bu borada ekspert guruhlari, hududiy ishchi guruhlar, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish;
- hududlarda tadbirkorlar bilan muloqot haftaliklarini tashkil etish, ochiq muloqotni oʻtkazish joyi va muddati boʻyicha takliflar va ishtirokchilar roʻyхatini shakllantirish hamda Tadbirkorlar kunini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash.
Har yili 15 iyundan boshlab ochiq muloqot oʻtkazilgunga qadar maхsus elektron platformalar, SSP huzuridagi Sall-markaz хizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlari tunu kun qabul qilinadi.
SSP Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil va Raqamli teхnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ochiq muloqot doirasida murojaatlarni qabul qilish, umumlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, ochiq muloqot natijalari, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini joylashtirib borish imkonini beruvchi “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasini ishga tushiradi.

Xo‘jayli tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi B.Otepov