Янгиликлар
26
Mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80 son Farmoni bo’yich
Mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80 son Farmoni bo’yicha
Hozirgi vaqtda mahallalarda mamlakatimiz Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida sayyor xizmatlar davom etmoqda. Ushbu Farmon orqali Adliya organlarining qo’shimcha faoliyat yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan: aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish; joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish; fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish; davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.
Ma’lumki, yurtimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqot va sayyor qabullar o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishlariga majbur qilayotgan muammolarni mahallaning yoki hududlarning o‘zida hal qilish hamda ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilyabti. Joylarda murojaatlarning o‘z vaqtida ijobiy hal etish masalalari bugungi kunning dolzarb ahamiyatga ega kun mavzusi hisoblanadi. Mana shunday ahamiyat kasb etkan sayyor xizmat Amudaryo tumanida bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kungi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80 son Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan reja-grafikga asosan Amudaryo tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Do’stlik” MFY va “Tosh yop” OFYlarda sayyor tadbirlar fuqarolarning huquqiy muammolari tinglandi va ularga huquqiy tushuntirish va yordamlar ko’rsatildi. Ushbu sayyor tadbir va xizmatlarni ko‘rsatishdan maqsad fuqarolarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishdir. Bu kabi tadbirlar Amudaryo tumani Adliya bo’limi tomonidan muntazam o’tkazilib kelinmoqa.
Amudaryo tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmatlar ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti M.Matyusupov.