Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

O‘limni qayd etish tartibi


O‘limni qayd etish tartibi

O‘limni qayd etish, marhumning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qatiiy nazar, FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘limni qayd etish to‘g‘risidagi ariza o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma berilgandan keyin 3 kundan kechikmay berilishi kerak (o‘limni kompozit davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno).
O‘limni qayd ettirish to‘g‘risida marhumning qarindoshlari va yaqin kishilari, shuningdek tibbiy muassasa ma’muriyati murojaat etishlari mumkin, ular o‘lim to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Agar voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDY organida tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan bo‘lsa, vafot etgan shaxsga tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, bu haqda ariza bergan shaxsga ma’lumotnoma beriladi, shundan so‘ng vafot etgan shaxsga nisbatan belgilangan tartibda o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.
O‘limni qayd etishda taqdim etilgan tibbiy ma’lumotnoma yoki sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori dalolatnoma yozuviga qistirib qo‘yiladi (o‘limni kompozit davlat xizmati sifatida qayd etish bundan mustasno).
Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning o‘limini qayd etish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Chet elda vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘limini qayd etish marhum yashab turgan yoki o‘lim sodir bo‘lgan joydagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.
Agar o‘limni qayd etish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda o‘limni qayd etgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, o‘lgan sanasi, shuningdek o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va o‘lim qayd etilgan joy va sana ko‘rsatilgan xabarnoma yuboradi.
Agar o‘limni qayd etishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi ma’lum bo‘lsa, u holda konsul shu kunning o‘zidayoq bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
Jazoni ijro etish muassasalarida vafot etgan shaxslarning o‘limini qayd etish mazkur muassasa ma’muriyatining xabariga asosan FHDY organi tomonidan amalga oshiriladi.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori asosida va o‘limi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qayd etilmagan shaxslarning o‘limini qayd etish FHDY organi tomonidan umumiy asoslarda amalga oshiriladi.



Xojeli rayonı ádillik bólimi
PHAJ bólimi inspektorı                           Z.Mambetsharipova