Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklarining kafolatlari


Konstitutsiya – inson huquq va erkinliklarining kafolatlari

Taʼkidlab oʼtish joyizki, Oʼzbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari Konstitutsiyamizda toʼliq oʼz aksini topgan desak, mubolagʼa boʼlmaydi.
Xususan, Konstitutsiyaning II-boʼlimi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi.
Ushbu boʼlim 7 bobdan iborat boʼlib, unda Umumiy qoidalar; Fuqarolik; Shaxsiy huquq va erkinliklar; Siyosiy huquqlar; Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va Fuqarolarning burchlari belgilab berilgan.
Аyni kunda, Inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, faktlar qabul qilingan.
Maʼlumki, BMT Bosh Аssambleyasining rezolyutsiya bilan 1948 yil 10 dekabrda “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan.
Аytish joyizki, dunyodagi koʼpchilik rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalaridagi inson huquq va erkinliklarini kafolatlash aynan BMT ning “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” rezolyutsiyasiga mos ravishda qabul qilingan.
Maʼlumki, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” Muqaddimasida “Insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini eʼtiborga olib; inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar soʼz erkinligi va eʼtiqod erkinligiga ega boʼladigan hamda qoʼrquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb eʼlon qilingan.
Eʼtiborlisi, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan bir xilligini koʼrish mumkin.
Xususan, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 3-moddasi. “Har bir inson yashash, erkin boʼlish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir” deb belgilangan.
Shu asnoda, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida ham “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʼir jinoyatdir”deb belgilangan.
Shuningdek, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 5-moddasi: “Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, gʼayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xoʼrlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak”deb belgilangan.
Eʼtiborli jihatlardan biri esa aynan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismini oʼqiymiz. “Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʼravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqga duchor etilishi mumkin emas” degan normani koʼrishimiz mumkin.
Bundan tashqari, “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 9-moddasi, “Hech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvgʼin qilinishi mumkin emasligi koʼrsatib oʼtilgan.
Аynan ushbu qoida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-moddasida oʼz aksini topganligini koʼrishimiz mumkin.
Unda “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas”deb belgilangan.
Yuqoridagilardan koʼrinib turibdiki mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning asosiy gʼoyalari va qoidalarini oʼzida toʼliq aks ettirgan.
Xulosa oʼrnida aytganda, Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bobi, 13-moddasida “Oʼzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʼra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi va fuqarolarning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi, Oʼzbekiston demokratik davlat deganimizda, chinakkam maʼnoda koʼz oldimizda bunda inson huquq va erkinliklarining toʼla kafolatlanganligining guvohi boʼlamiz.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
B.Аvazmetov