Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Bola parvarishi uchun beriladigan nafaqa


Bola parvarishi uchun beriladigan nafaqa

O’zbekison Respublikasi Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko’ra, bolani ikki va uch yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tillari beriladi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin, ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lguniga qadar bolani parvarishlash ta’tili berilib, bu davr uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda nafaqa to‘lanishi ko’rsatilgan.
Shunga ko’ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Ayrim turdagi nafaqalarni tayinlash va to‘lashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi  314-son qarori qabul qilingan. Ushbu qarorning 2-ilovasi bilan “Byudjet tashkilotlari hisoblanmaydigan yuridik va jismoniy shaxslarda ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” gi  Nizom tasdiqlangan.
Mazkur nizomga ko’ra, Byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarga va onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga bolalar nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi.
Shu bilan birga, byudjet tashkiloti hisoblanmaydigan tashkilotlarda (keyingi o‘rinlarda-tashkilot) ishlaydigan onalarga (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lovi mazkur tashkilotning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Tashkilot mablag‘lari hisobidan bola parvarishi bo‘yicha nafaqa uchun sarflangan mablag‘lar davr xarajatlariga kiritiladi.
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
-bola parvarishi bo‘yicha nafaqa tayinlash uchun ariza;
- bola tug‘ilganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi;
-bolaning onasi o‘rniga nafaqa oluvchi shaxslar, qo‘shimcha ravishda bolaning onasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat — bolaning (bolalarning) onasi vafot etganligi to‘g‘risida guvohnoma, sud organlari tomonidan onalik huquqidan mahrum qilinganlik to‘g‘risida berilgan ma’lumotnoma yoki bola parvarishi bo‘yicha nafaqani bolaning (bolalarning) onasi olish imkoni mavjud emasligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Bola parvarishilash uchun nafaqani to‘lash quydagicha amalga oshiriladi:
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’iy nazar har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanadi.
To‘liq bo‘lmagan oy uchun nafaqa onaning (ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) ushbu oydagi ta’tilda bo‘lgan kalendar kunlarga mos ulushda to‘lanadi.
Ishlaydigan (ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan, xizmat o‘tayotgan) onalarga (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga) bola parvarishi bo‘yicha nafaqa ish joyidan (ta’lim olish, xizmat o‘tash joyidan) to‘lanadi.
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa to‘lovi joriy oy uchun ish haqini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
Nafaqa oluvchi vafot etgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki bola vasiylikdan qaytarib olingan taqdirda, nafaqa bolani haqiqatda parvarish qilayotgan shaxsga tayinlanadi va oxirgi nafaqa to‘langan oydan keyingi oydan boshlab to‘lanadi.
Tayinlangan, ammo o‘z vaqtida talab qilib olinmagan (to‘lanmagan) bola parvarishi bo‘yicha nafaqa o‘tgan vaqt uchun nafaqa to‘lanishi kerak bo‘lgan davrda ko‘zda tutilgan miqdorda to‘lab beriladi.
Nafaqa to‘lovchi tashkilotning aybi bilan o‘z vaqtida to‘lanmagan nafaqa hech qanday muddatlar bilan chegaralanmagan holda, o‘tgan davr uchun bir vaqtning o‘zida to‘lab beriladi.
Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:
- parvarishdagi bola ikki yoshga to‘lganda;
- bola to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan maxsus muassasalar (mehribonlik uyi)ga joylashtirilganda;
- bola vafot etganda;
- oila bola bilan birga doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketganda;
-bolani parvarishlash boshqa qarindosh yoki vasiyga o‘tganda.
Ishlovchi xodimlar nafaqalarni noto‘g‘ri hisoblash, belgilash va to‘lash yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin !!!

Amudaryo tumani аdliya boʻlimi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti  J.Avezov