Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Sayyor davlat xizmatlarini ko’rsatish


Sayyor davlat xizmatlarini ko’rsatish

Mamlakatimizda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimi tubdan isloh qilinib, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, tartib-taomillari o‘xshash bo‘lgan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari tarqoqligi, ularning tizimlashtirilmaganligi sababli aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida noqulayliklar yuzaga kelmoqda.
Vazirlar Mahkamasining “Qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni fuqaro yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish tartibi belgilangan.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti tasdiqlanishi mumkin:
-qo‘shimcha to‘lov asosida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Adliya vazirligining Aloqa markaziga (“Call-markaz”), rasmiy veb-saytiga va telegram-bot orqali murojaat qilish va davlat xizmatlarini joyiga chiqish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar) ko‘rsatish.
-2023-yil 1-oktabrdan boshlab, davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar) xizmat ko‘rsatuvchi xodimni joyiga chiqqan holda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt va telegram-botdan foydalaniladi.
Adliya vazirligi “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt va telegram-bot orqali qo‘shimcha to‘lov asosida joyiga chiqqan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish va mazkur buyurtmalarni tegishli Davlat xizmatlari markazlariga yuborish imkoniyatini yaratadi.

Beruniy tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                             M.Xaytbayev