Янгиликлар
13
Irrigatsiya bo‘limi bosh hisobchi intizomiy javobgarlikka tortilib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi
Irrigatsiya bo‘limi bosh hisobchi intizomiy javobgarlikka tortilib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, fuqaro J.Aning «Bo‘zatov tumani irrigatsiya bo‘limi tomonidan oxirgi hisob-kitob ishlari to‘liq amalga oshirilmaganligidan norozi bo‘lib» kelib tushgan shikoyati bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi.
Murojaatni o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi.
Aniqlanishicha, fuqaro J.A Bo‘zatov tumani irrigatsiya bo‘limi suv xo‘jaligi maxsus xizmati bo‘limi hisobchi-iqtisodchisi lavozimiga 2023-yil 10-oktabr kunidan boshlab irrigatsiya bo‘limi boshlig‘ining 2023-yil 16-oktabr kungi
437-13-216-IB/2023-son buyrug‘i asosida sinov muddati bilan ishga qabul qilingan.
Xususan, fuqaro J.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi taraflarning kelishuviga ko‘ra, 2024-yil 1-martdagi 64-13-216-IB/2024-son buyrug‘i asosida 2024-yil 22-fevral kunidan boshlab bekor qilinib, egallab turgan hisobchi-iqtisodchi lavozimidan ozod etilgan.
Irrigatsiya bo‘limining 2024-yil 1-martdagi 64-13-216-IB/2024-son buyrug‘ining 2-bandida «hisob-kitob bo‘limiga J.A bilan tegishli to‘lovlar bo‘yicha to‘liq hisob-kitob ishlarini olib borish» topshirilgan.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 244-moddasi, (Xodimlarning mehnatiga haqi to‘lash sohasidagi asosiy kafolatlar) 1-qismida «Ish beruvchining moliyaviy holatidan qat’iy nazar qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatiga haqi to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ishlar uchun haqi to‘lashni amalga oshirish majburiyatini ish beruvchi o‘z javobgarligiga olishligi»- belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 254-moddasi (Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari), 1-qismida «Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchidan xodimga berilishi kerak bo‘lgan barcha so’mmalarni to‘lash xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli so’mmalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak», mazkur moddaning 2-qismida «Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo‘lgan so’mmalar miqdorlari to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi xodimga shak-shubhasiz tegadigan so’mmani ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda to‘lashi shart», 3-qismida «Ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim, agar u hatto mukofot to‘lanayotgan paytda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda bo‘lmasa ham, bir yildagi ish yakunlariga ko‘ra mukofot olish huquqiga ega bo‘ladi»-deb belgilangan.
Shunga qaramasdan, J.A bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo‘limning 2024-yil 1-martdagi 64-13-216-IB/2024-son buyrug‘i bilan 2024-yil 22-fevral kunidan boshlab bekor qilingan bo‘lsa-da, ushbu kunga qadar oxirgi hisob-kitob ishlari to‘liq amalga oshirilmagan.
Murojaatni o‘rganish davomida, J.Aga 2024-jıl fevral oyi uchun
2 242 044 so’m miqdoridagi ish-haqi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining taqdimnomasiga asosan fuqaro J.Aga 2 242 044 so‘m miqdoridagi ish-haqilari o‘ndirib berilishi ta’minlanib, bo‘lim bosh hisobchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi va murojaat muallifi J.Aning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i K.Paluaniyazov