Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi


Xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, fuqaro Yu.Gning «Bo‘zatov tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib» kelib tushgan shikoyati bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi .
Murojaatni o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi.
Fuqaro Yu.G murojaatida «Bo‘zatov tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘ini nomiga oilaviy sharoitlarini hisobga olib, homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan xodimning shtat birligini vaqtincha berish bo‘yicha yozma ravishda murojaat qilgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha shtat berilmaganligidan va murojaati ko‘rib chiqilmaganligidan noroziligini» bildirgan.
Aniqlanishicha, fuqaro Yu.G Bo‘zatov tumani tibbiyot birlashmasi (keyingi o‘rinlarda – birlashma deb yuritiladi)ga xotin-qizlar maslahatxonasi akusherkasi lavozimiga 0,50 shtat birligi bilan ishga qabul qilingan.
Bugungi kunda, Yu.G birlashmaning travmatologiya punktida 0,50 shtat birligida ishlab kelmoqda.
Ya’ni, Yu.G 2024-yil 7-sentabr kuni birlashma boshlig‘i nomiga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilgan birlashma xodimlari D.Q va A.Blarning birining shtat birligini vaqtincha berish bo‘yicha dastlab og‘zaki, keyin yozma ravishda murojaat qilgan.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining
136-moddasi (Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish huquqi)ning
1-qismida «Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasiga ko‘ra ishni davom ettirayotganda ish beruvchidan mehnat shartlarini o‘zgartirishni talab qilishga haqli», mazkur moddaning 2-qismida «Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi u berilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak», 3-qismida «Xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi talablarini qanoatlantirish rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababi to‘g‘risida yozma shaklda xabar qilishi kerak. Xodimga uning talablarini qanoatlantirishni rad etish sabablarini xabar qilmaslik xodimning mehnat shartlarini o‘zgartirish rad etilganligi ustidan shikoyat qilishi uchun monelik qilmaydi»-deb belgilangan.
Shunga qaramasdan, Yu.Gning 2024-yil 7-sentabr kungi mehnat shartlarini o‘zgartirish haqidagi arizasi birlashma tomonidan ko‘rib chiqilmasdan, xodimlarning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquqlariga e’tiborsizlik munosabatda bo‘lib, qo‘shimcha shtat birligi berilmagan bo‘lsa-da o‘rganish kuniga qadar yozma ravishda asoslantirilgan javob xati berilmagan.
Shuningdek, fuqaro Yu.Gning 2024-yil 7-sentabrdagi arizasi birlashma tomonidan 2024-yil 23-sentabr kuni ro‘yxatga olinganligi aniqlandi.
Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining taqdimnomasiga asosan fuqaro Yu.Gning murojaatini qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatga olmagan birlashma ish yurituvchisiga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi va tuman adliya bo‘limining Davlat mehnat huquq inspektoriga berilgan ma’muriy taklifi asosida birlashma boshlig‘iga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilib, murojaat muallifi Yu.Gning buzilgan mehnat huquqlari tiklanishiga erishildi.
    
    
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i                    K.Paluaniyazov