Янгиликлар
13
Oylik ish haqisi o‘ndirib berildi
Oylik ish haqisi o‘ndirib berildi
Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, fuqaro R.Xning «oylik ish haqisi berilmayotganligidan norozi bo‘lib» kelib tushgan shikoyat arizasi, qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi.
Xususan, R.X Bo‘zatov tumani, Erkindaryo ovul fuqarolar yig‘ini Harbiy hisob-kitob inspektori lavozimida ishlab yurib, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘zatov tumani bo‘limi tomonidan 2024-yil yanvar, fevral va mart oyi ish-haqilari to‘lab berilmagan.
Ya’ni, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘zatov tumani bo‘limi tomonidan R.Xga 2024-yil yanvar 2 025 321 so’m, fevral oyida 2 025 321 so’m, mart oyida
2 025 322 so’m, jami 6 075 964 so’m miqdoridagi ish-haqilari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 244-moddasi, (Xodimlarning mehnatiga haqi to‘lash sohasidagi asosiy kafolatlar) 1-qismida «Ish beruvchining moliyaviy holatidan qat’iy nazar qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatiga haqi to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ishlar uchun haqi to‘lashni amalga oshirish majburiyatini ish beruvchi o‘z javobgarligiga olishligi»- belgilangan.
Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha, tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘zatov tumani bo‘limi boshlig‘i nomiga kiritilgan taqdimnoma asosida fuqaro R.Xga 2024-yil yanvar 2 025 321 so’m, fevral oyida 2 025 321 so’m, mart oyida 2 025 322 so’m, jami 6 075 964 so’m miqdoridagi ish-haqilari o‘ndirib berilishi ta’minlandi.
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i K.M.Paluaniyazov