Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Maktab direktori ma’muriy javobgarlikka tortildi


Maktab direktori ma’muriy javobgarlikka tortildi

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, fuqaro A.Nning «Bo‘zatov tumani kasb-hunar maktab direktorining hatti-harakatlaridan norozi bo‘lib» kelib tushgan shikoyati bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi .
Murojaatni o‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi.
Xususan, fuqaro A.N murojaatida «Bo‘zatov tumani kasb-hunar maktabida farrosh lavozimida ishlab kelayotganligini, uch oy muddatga ish-haqi saqlanmagan holda ta’til berilganligini, ushbu davrda uning o‘rniga M.A ishga qabul qilinganligini, ta’tildan ish o‘rniga kelganida 1,0 shtat birligi 0,75 shtat birligiga o‘zgartirilganligini, o‘ziga tegishli bo‘lgan 0,25 shtat birligi M.Aga berilganligini, ushbu 0,25 shtat birligini qaytarib olib berishni » bildirgan.
Murojaatni o‘rganish natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 241-moddasi, 2-qismi talablariga zid ravishda murojaat muallifi A.Nga 4 oy 3 kun ish-haqi saqlanmagan holda ta’til berilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 149-moddasi, 1-qismi talablariga zid ravishda murojaat muallifi A.Nning yozma ravishdagi kelishimi bo‘lmasada, asosiy mehnat shartnomasiga qo‘shimcha kelishuv shartnomasi taraflar o‘rtasida imzolanmasdan turib, ish beruvchi o‘rtasida 2024-yil 1-mart kuni mehnat shartnomasi tuzilib, A.Nning 1,0 shtat birligi 0,75 shtat birligiga o‘zgartirilgan, ushbu mehnat shartnomaga asosan maktab direktorining 2024-yil 1-mart kuni 20 (&2)-son buyrug‘i qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilgan.
Bu kabi holat, M.Aga N.Aning 0,25 shtat birligini berishda yo‘l qo‘yilgan.
A.N bilan ish beruvchi o‘rtasida 2024-yil 1-mart kuni tuzilgan mehnat shartnomasi va M.A bilan ish beruvchi o‘rtasida 2024-yil 1-mart kuni tuzilgan mehnat shartnomalari maktab direktori tomonidan imzolanmagan va maktab muhri bilan tasdiqlanmaganligi aniqlandi.
Mehnat kodeksi talablariga muvofiq, taraflarning bir tanishtirilmagan yoki imzosi (muhri) bilan tasdiqlanmagan har qanday mehnat shartnomasi (qo‘shimcha kelishuv shartnomasi) rasmiy hujjat hisoblanmasligi belgilangan.
Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, kasb-hunar maktabining xodim va ish beruvchi o‘rtasida noqonuniy tuzilgan 2 ta qo‘shimcha kelishuv tarzidagi mehnat shartnomasi tuman adliya bo‘limining taqdimnomasi bilan bekor qilinib, tuman adliya bo‘limining Davlat mehnat huquq inspektoriga berilgan ma’muriy taklifi asosida Bo‘zatov tumani kasb-hunar maktabi direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilib, murojaat muallifi A.Nning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.      
    
Bo‘zatov tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i                    K.Paluaniyazov