Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Bosh hisobchi ma’muriy javobgarlikka tortilib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi


Bosh hisobchi ma’muriy javobgarlikka tortilib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi

Bo‘zatov tumani adliya bo‘limiga, fuqaro P.Jning «Bo‘zatov davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan oxirgi hisob-kitob ishlari olib borilmaganligidan norozi bo‘lib» kelib tushgan shikoyati bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganish ishlari olib borildi .
Murojaatni o‘rganish davomida qo‘yidagilar aniqlandi.
Aniqlanishicha, fuqaro J.P Bo‘zatov davlat o‘rmon xo‘jaligi (keyingi o‘rinlarda– o‘rmon xo‘jaligi deb yuritiladi)ga o‘rmon xo‘jaligi direktorining
2008-yil 1-avgustdagi №31-k&3-son buyrug‘i bilan «Nawpir» o‘rmon boshlig‘i yordamchisi lavozimiga ishga qabul qilingan va ushbu kunga qadar har xil lavozimlarda ishlab kelgan.
Shuningdek, fuqaro P.J o‘rmon xo‘jaligi direktorining 2024-yil
9-fevraldagi 41-13-216-WX-2024-son buyrug‘i bilan 2024-yil 1-fevral kunidan boshlab o‘rmon xo‘jaligi ish yurituvchisi lavozimidan ozod qilinib, Mehnat kodeksining 157-moddasiga asosan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Mazkur buyruqning 2-bandida «Bosh hisobchi: P.Jga tegishli to‘lovlarni qonun talablariga muvofiq amalga oshirsin» mazmunida topshiriq berilgan.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasi (Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilish)ning 1-qismida «Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak», mazkur moddaning 2-qismida «Hisob-kitob xodimga: oxirigacha olinmagan ish haqini; xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni; agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi», 3-qismida «Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi», 4-qismida «Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak», 5-qismida «O‘zi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimga mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyingi davrda biror-bir to‘lovlar (oy, chorak, yil yakunlari bo‘yicha mukofotlar) hisoblangan taqdirda, ushbu to‘lovlar xodim tomonidan tegishli talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay amalga oshiriladi»-deb belgilangan.
Shuningdek, Mehnat kodeksining 254-moddasi (Mehnat shartnomasi bekor qilinganda hisob-kitob qilish muddatlari), 1-qismida «Mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish beruvchidan xodimga berilishi kerak bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni amalga oshiriladi. Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar ushbu xodim tomonidan hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi talab taqdim etilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak», mazkur moddaning 2-qismida «Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli bo‘lgan summalar miqdorlari to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda, ish beruvchi xodimga shak-shubhasiz tegadigan summani ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatda to‘lashi shart», 3-qismida «Ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim, agar u hatto mukofot to‘lanayotgan paytda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarda bo‘lmasa ham, bir yildagi ish yakunlariga ko‘ra mukofot olish huquqiga ega bo‘ladi»-deb belgilangan.
Shunga qaramasdan, o‘rmon xo‘jaligi tomonidan fuqaro P.Jga o‘rganish kuniga qadar 6 517 418 swm miqdoridagi ish-haqilari to‘lab berilmagan.
Murojaatni o‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman adliya bo‘limining taqdimnomasi bilan fuqaro P.Jga 6 517 418 so‘m miqdoridagi ish-haqilari o‘ndirib berilishi ta’minlanib, tuman adliya bo‘limining Davlat mehnat huquq inspektoriga berilgan ma’muriy taklifi asosida o‘rmon xo‘jaligi bosh hisobchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 49-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy jarima jazosi qo‘llanilib, murojaat muallifi P.Jning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
    
    
Bo‘zatov tumani
аdliya bo‘limi boshlig‘i                    K.Paluaniyazov