Янгиликлар
31
Majburiy mehnat taqiqlanadi
Majburiy mehnat taqiqlanadi
O‘zbekston Respublikasi mehnat kodeksining 5-moddasiga ko’ra majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi.
Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qo‘llash yoki qo‘llash tahdidi tushuniladi.
Demak, xodimni zo‘rlash yoki qo‘rqitish, jazo qo‘llash, mehnat faoliyati va rag‘batlantirishni cheklash kabi usullar orqali bevosita mansab vazifasiga kirmaydigan har qanday ishga jalb qilish majburiy mehnat deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorda davlat organlari ishidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga to‘liq barham berishga qaratilgan.
Ish beruvchi yoki biror mansabdor shaxsning fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilishi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lsa, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 148(2)-moddasida pedagoglarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi.
Pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilangan.
Taxiatosh tumani adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i O.Babanov