Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi


Konstitutsiyada murojaat qilish huquqi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasiga muvofiq har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega deb ko‘rsatilgan.
Shuningdek, arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart deb belgilangan.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 11.09.2017-yilda O‘RQ-445 sonli O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan.
Mazkur qonunga ko‘ra murojaatlarni ko‘rib chiqishning asosiy prinsiplari, murojaatlarning shakllari va turlari, murojaatlarga qo‘yiladigan talablar, Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, tartibi, murojaat etish huquqini amalga oshirish kafolatlari, voyaga yetmagan shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari, murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari, nizolarni hal etish, moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish, murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik ko‘rsatilgan.
Xulosa o’rnida har bur murojaat etivchining huquqlar va  qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi qonun bilan kafolatlangan.

Taxiatosh tumani adliya
bo‘limi Yuridik xizmat
ko’rsatish markaz boshlig’i     O.Babanov