Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish


Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish

Bugungi kunda bolalar va yoshlarning huquqlarini ta’minlash va ularga shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko’lamli ishlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro va milliy darajada ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya hisoblanadi. Konvensiya Nyu-Yorkda 1989-yil 20-noyabrda qabul qilingan. Unda bolalarning huquqlari va ularning kafolatlari belgilab qo’yilgan. Milliy qonunchiligimizda ham bolalar huquqlari bo’yicha bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan bo’lib, bulardan biri “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonundir. Ushbu qonunda bolalarning huquqlari va ularning kafolatlari belgilab qo’yilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.08.2021-yildagi Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 6275-son Farmoni bilan Oliy Majlisning Bola huquqlari bo’yicha vakili – Bolalar ombudsmani tashkil qilindi.  Shu bilan bir qatorda, “Bolalar ombudsmani to’g’risida”gi qonun qabul qilingan bo’lib, ushbu qonunning 10-moddasida Bolalar ombudsmanining asosiy vazifalari belgilangan bo’lib ularga quyidagilar kiradi:
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishini hamda himoya qilinishini monitoring qilish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, bolaning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari tiklanishiga ko‘maklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va ularning himoya qilinish holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etish va boshqalar.
Shuningdek, mamlakatimizda yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularga keng sharoitlar yaratib berish maqsadida bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilingan. Jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi qonun. Ushbu qonun bilan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari va yoshlar huquqlarining kafolatlari belgilab qo’yilgan.  

To’rtko’l tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                           I.Qurbanbayev