Янгиликлар
04
Oilalarni asrab qolish va ajrimlarning oldini olish
Oilalarni asrab qolish va ajrimlarning oldini olish
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir, shu sababli uni himoya qilish davlat siyosati darajasiga olib chiqilmoqda chunki oilaviy ajrimlar bugungi kunda dolzarb muammoga aylanib ulgurdi. Mahalla faollari, diniy ulamolar, ma’naviyat va ma’rifat targ’ibotiga daxldor tashkilotlar va keng jamoatchilik say harakatlariga qaramay, afsuski, oilaviy ajrimlar soni keskin ko’payib bormoqda. Bunga asosiy sabab qilib quydagilarni keltirsak bo’ladi: oilalarning ajralib ketishiga moddiy yetishmovchilik, uchinchi shaxs aralashuvi, befarzandlik, jufti haloliga xiyonat, uzoq vaqt birga yashamaslik, o’zaro bir-birini tushunmaslik sabab bo’layotgani oydinlashadi.
Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalardagi vaziyat o’rganilganda ro’zg’ordagi yetishmovchilikka, erkaklarning oilasidagi o’z o’rni va mavqeini yo’qotishlariga aynan ichkilik sabab bo’layotgani oydinlashadi. Oilalarni mustaxkamlash uchun ota-bobolarimiz azal-azaldan oilada keksalar, mahalla nuroniylari tomonidan uchqunning alanga olmasligi choralari ko`rilgan. Ya`ni yoshlarga pand nasihatlar, ibratli voqealar so`zlab berilgan. O`ylanmay tashlangan qadamlarning og`ir oqibatlari va asoratlari haqida ogohlantirilgan.
Har bir oilaviy ajrimga jamiyatning katta fojiasi sifatida qaraladigan fursat yetib keldi. Har bir insonning oilaviy baxt topishga, hayotini tinchlik totuvlikda kechirishga haqqi bor. Oiladagi ajrimlarni oldini olishda asosan, yoshlarni oila ilmiga o`rgatish maqsadga muvofiq. Ularda oila muqaddas qo`rg`on ekanligi to`g`risidagi targ`ibot tushuntirish ishlarini butunlay yangi bosqichda, noodatiy usul va yondashuvlar asosida olib borish kerak.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi To’rtko’l tumani bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Satbayev