Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasi


Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasi
1993 yil 9 aprel kuni XII chaqiriq Qoraqalpogʼiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasi davlatimizning asosiy qonuni boʼlgan Konstitutsiyani qabul qildi. 9 aprel – umumxalq bayram deb eʼlon qilindi. Bu bayramni xalqimiz davlatimizdagi adolatni, qonun ustuvorligini his qilgan holda erkin demokratik fuqarolik jamiyat, huquqiy davlat qurish yoʼlidagi ishonchli qadam tashlagan kun sifatida har yili tantanali ravishda belgilab kelmoqda.
Аsosiy qonunimiz – Qoraqalpogʼiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʼlim, 26 bob, 121 moddadan iborat boʼlib, uning barcha moddalarida dunyoda umumeʼtirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquq normalari va boshqa bir qator xalqaro hujjatlardagi umuminsoniy tamoyillar mazmuni mujassamdir.
Konstitutsiyaning muqaddima qismida Qoraqalpogʼiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilish maqsadi koʼrsatilgan.
Birinchi boʼlimda asosiy printsiplar belgilangan, yaʼni davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, Qoraqalpogʼistan Respublikasining xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalariga bagʼishlangan.
Konstitutsiyaning 11-moddasida Qoraqalpogʼiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʼlinishi printsipiga asoslanishi koʼrsatib oʼtildi.
Ikkinchi boʼlimda inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari belgilangan.
Ushbu boʼlim umumiy qoidalar, fuqarolik, shaxsiy huquqlar va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va fuqarolarning burchlarini oʼz ichiga oladi.
Аsosiy qonunimiz insonning ijtimoiy huquqlariga ham katta eʼtibor qaratgan boʼlib, ayniqsa mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash, ishsizlikdan himoyalanish, dam olish, ijtimoiy taʼminot olish kabi huquqlarni alohida konstitutsiyaviy darajada eʼtirof etgan.
Maʼlumki, har qanday jamiyat va davlat taraqqiyotining eng muhim shartlaridan biri – bu taʼlim sifati hisoblanadi. Shu bois ham Аsosiy qonunimizda har kim bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy taʼlim olish, ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishi belgilab qoʼyildi.
Uchinchi boʼlim jamiyat va shaxs deb nomlanib, u jamiyatning iqtisodiy asoslari, jamoat birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalariga bagʼishlangan.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik erkinligini taʼminlashga oid qonunlar qabul qilinib, mustahkam huquqiy baza yaratilgan.
Konstitutsiyaning 14-bobi oilaga bagʼishlangan boʼlib, ota-onalar oʼz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashi, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʼz ota-onalari haqida gʼamxoʼrlik qilish majburiyati belgilangan.
Toʼrtinchi boʼlim Qoraqalpogʼiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi deb nomlanadi.
Unga koʼra, Qoraqalpogʼiston Respublikasi - tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullardan iborat, tumanlar, shaharlar tashkil qilishi va ularni tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini oʼzgartirish Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Beshinchi boʼlimda davlat hokimiyatini tashkil qilish belgilangan. Ushbu boʼlim Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining raisi vakolatlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesining Prezidiumi va uning vakolatlari, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyatining asoslari, Qoraqalpogʼiston Respublikasining sud hokimiyati va saylov tizimi, konstitutsiyaviy nazorat, prokuratura, moliya va byudjet deb nomlangan boblarini oʼz ichiga oladi.
Oltinchi boʼlim konstitutsiyamizga oʼzgartirish kiritish tartibini belgilaydi.
Konstitutsiyaga oʼzgartirishlar Qoraqalpogʼiston Respublikasi Joʼqorgʼi Kengesi jami deputatlarining kamida uchdan ikki qismidan koʼpchiligining ovozi orqali qabul qilingan qonuni yoki Qoraqalpogʼiston Respublikasi referendumi bilan kiritiladi.
Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpogʼistan Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan norma va printsiplar demokratik huquqiy davlat qurish, inson huquq va erkinliklarini taʼminlashda eng muhim hujjat boʼlib hisoblanadi.
Toʼrtkoʼl tumani аdliya boʼlimi
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi
bosh yuriskonsulti  N.Radjapova