Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Inson huquqlari milliy strategiya


                                          Inson huquqlari milliy strategiya

Аytish joyizki,soʼnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʼyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.    
Hozirgi vaqtda Oʼzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʼyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi oʼrinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʼshilgan boʼlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʼyicha kengashi va shartnomaviy qoʼmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelmoqda.    
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uygʼunlashtirish boʼyicha amaliy chora-tadbirlar koʼrilmoqda.    
Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi insonning huquq va erkinliklarini har tomonlama taʼminlash va kafolatlash ekanligiga amin boʼlamiz.
Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi doirasida oʼtgan yili qabul qilingan 70 dan ortiq qonunlarda ham inson huquqlari ustuvorlik kasb etadi.
Аyniqsa, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan “Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” tasdiqlanishi ham mamlakat hayotidagi muhim voqea boʼldi desak aslo xato boʼlmaydi.
Mazkur hujjat bilan Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi va uning “Yoʼl xaritasi”, qolaversa, BMTning inson huquqlari boʼyicha ustav organlari hamda shartnomaviy qoʼmitalari xabarnomalarini va qarorlarini koʼrib chiqish yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi davlat organlarining oʼzaro hamkorlik qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi.
Farmonga koʼra, inson huquqlari boʼyicha xalqaro shartnomalarning normalari talablarini bajarish yuzasidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʼnalishlari belgilab berilgan.
Mamlakatimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʼyicha kengashiga aʼzo boʼlgani ham davlatimiz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni astoydil bajarish va inson huquqlarini global miqyosda himoya qilishga qatʼiy bel bogʼlaganidan dalolatdir.
Inson huquqlarini taʼminlanishi ilgʼor xalqaro tajribalarga asoslangan Ombudsman huzuridagi qiynoqlarning oldini olish boʼyicha Milliy preventiv mexanizm 2019 yilda yoʼlga qoʼyilib, bu orqali mahkumlar huquqlarini taʼminlash boʼyicha jamoatchilik nazorati oʼrnatilishiga erishilgan.
Mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash maqsadida, Ombudsman zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish boʼyicha qiynoqlarning oldini olish boʼyicha milliy preventiv mexanizm doirasida jamoatchilik vakillari va OАV bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflarini amalga oshirib, ularning yakunlari yuzasidan parlamentga hamda boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga tahliliy maʼlumotlar taqdim etilib boriladi.
Muhtarsar qilib aytganimizda, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obroʼsi yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Toʼrtkoʼl tuman adliya boʼlimi,
Yuridik xizmat koʼrsatish markazi boshligʼi
B.Аvazmetov