Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80 son Farmoni bo’yich


Mahallalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80 son Farmoni bo’yicha sayyor xizmatlar davom etmoqda…

Ma’lumki, mamlakatimizda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqot va sayyor qabullar o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
Shu bilan birga, bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilishlariga majbur qilayotgan muammolarni mahallaning yoki hududlarning o‘zida hal qilish hamda ularning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilyabti. Joylarda murojaatlarning o‘z vaqtida ijobiy hal etish masalalari bugungi kunning dolzarb ahamiyatga ega kun mavzusi hisoblanadi. Mana shunday ahamiyat kasb etkan sayyor xizmat Ellikqal’a tumanida bo’lib o’tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kungi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” gi PF-80 son Farmoni ijrosi yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan reja-grafikga asosan Ellikqal’a tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan “Navoiy” OFY va “Iftixor” MFYda sayyor tartibda 11 nafar fuqaroni yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va 28 nafar fuqaroning suv tarmog‘iga ulash texnik shart olish uchun arizalari yuborildi.Ushbu sayyor xizmatlarni ko‘rsatishdan maqsad fuqarolarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishdir.

Ellikqal’a tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ababekov