Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

2024-yil 1-noyabrdan qonunchilikda kutilayotgan oʼzgarishlar


2024-yil 1-noyabrdan qonunchilikda kutilayotgan oʼzgarishlar

Taʼkidlash joizki, 2024-yil 1-noyabrdan milliy qonunchilikda quyidagi oʼzgartirishlar kutilmoqda. Jumladan, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab davlat dasturlari asosida kichik va oʼrta tadbirkorlik subyektlarini qoʼllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb etiladi. Ularga oʼz resurslari hisobidan (Prezidentning 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qarori asosida amalga oshirilayotgan Kichik biznesni uzluksiz qoʼllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga 100 mln soʼmgacha miqdorda ajratiladigan) garovsiz mikrokreditlar miqdorini 300 mln soʼmgacha oshirishga ruxsat etilishi belgilanmoqda.
Shu bilan bir qatorda, hujjat bilan, 2024-yil 1-noyabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldindan toʼlovni amalga oshirishda elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli miqdorlariga shartnomaviy limitlar oshirilishi va shartnomaviy limitlardan ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qoʼshimcha toʼlov kamida 10 baravarga kamaytirilishi lozimligi belgilandi.
    Qayd etilishicha, qabul qilinayotgan hujjatga koʼra modulli mehmonxonalarga subsidiyalar 2026- yil 31-dekabrga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash (rekonstruktsiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasidan bir martalik subsidiya ajratiladi.
Subsidiyalar 2024-yil oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar boʼlgan muddatda muvofiqlik sertifikatiga ega yangi tashkil etilgan modulli mehmonxonaga beriladi. Toʼlovlarni olish uchun mehmonxonada kamida 10 ta modul boʼlishi kerakligi belgilandi.
Hujjatga koʼra, turoperatorlar va mehmonxonalarga QQSning bir qismi qaytariladi.
Bunda,turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʼrsatuvchi tadbirkorlik subʼektlariga har oyning 25-sanasiga qadar toʼlangan QQSning 20 foizi qaytariladi.
Shuningdek, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladigan davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalari doirasida toʼlanadigan quyidagi soliq turlari boʼyicha belgilangan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Qonunchilikka koʼra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini soddalashtirilgan va kengaytirilgan baholash tartibi joriy etilmoqda.
Bunda, soddalashtirilgan tartibda loyiha ishlab chiqilishidan oldin quyidagi tartibga solish vositalari baholanadi va baholash natijalari yuzasidan Аdliya vazirligining dastlabki xulosasi olinadi:
-majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlarni belgilash, ularni oʼzgartirish yoxud talablarga rioya qilishni yoki ularni bajarishni taʼminlash bilan bogʼliq taʼsir choralarini qoʼllash;
-tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, preferensiya va davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning boshqa turlarini joriy qilish, ularning taʼsir doirasini kengaytirish yoki qisqartirish.
Shuningdek, kengaytirilgan tartibda quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari baholanadi:
soddalashtirilgan baholash natijalari boʼyicha iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitga taʼsiri darajasi yuqori deb topilgan loyihalar;
Oliy Majlis palatalari, Prezident Аdministratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari hamda baholash sohasidagi vakolatli organlar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor tomonlarning taklifiga koʼra kengaytirilgan baholashdan oʼtkazilishi lozim deb topilgan loyihalar.
Ovchilik guvohnomasini olish uchun yangi qoidalar;
Ovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar maxsus kurslarda oʼqitiladi;
ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʼlgan, oʼquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan jismoniy shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2 yil muddatga beriladi;
ovchilik guvohnomasini rasmiylashtirganlik uchun toʼlov bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida, nafaqadagi va II guruh nogironligi boʼlgan shaxslar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi.
Qonunchilik bilan, zargarlik sohasiga imtiyozlar 2027-yil 1-oktyabrgacha:
zargarlik sanoatida foydalaniladigan ligaturani import qilishda maxsus tovarlarni import qilish uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi;
Oʼzbekiston hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida foydalaniladigan ligatura bojxona boji toʼlashdan ozod qilinadi;
Oʼzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan va zargarlik sohasida foydalaniladigan, roʼyxatlar boʼyicha import qilinadigan uskunalar, qadoqlash va etiketka mahsulotlari bojxona boji toʼlashdan ozod qilinadi;
«Uzbek Jewellery Fair» xalqaro koʼrgazma-savdosi doirasida Oʼzbekiston norezidentlari tomonidan respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan va keyinchalik qaytarib olib chiqiladigan zargarlik buyumlariga nisbatan bojxona yigʼimlari bekor qilinadi.
Qonunchilik bilan, zargarlik sohasi ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Davlat probir nazorati inspektsiyasi va uning hududiy boʼlinmalariga quyidagilarga ruxsat beriladi:
Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha vakilni xabardor qilish yoʼli bilan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish, ularning probasini aniqlash va tamgʼalash bilan bogʼliq nazorat tadbirlarini oʼtkazish;
nazorat tadbirlarini oʼtkazishga «Oʼzbekzargarsanoati» uyushmasi mutaxassislarini jalb qilish;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki sotish faoliyatini boshlash (tugatish) toʼgʼrisidagi xabarnomalarni qabul qilish boʼyicha oʼz funktsiyalarini autsorsing asosida Savdo-sanoat palatasiga oʼtkazish.
Qonunchilikdagi oʼzgarishlarga asosan, nogironligi bor shaxslar uchun sharoitlar yaxshilanadi.
Bundan tashqari, rekonstruktsiya qilinadigan va taʼmirlanadigan obʼektlarning shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan nogironligi boʼlgan shaxslar uchun sharoit yaratish boʼyicha talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizaga yuboriladi.
Shahar yoʼlovchi transporti xizmatlari I guruh nogironligi boʼlgan shaxslarga va ularning bir nafar kuzatuvchisiga bepul taqdim etiladi.
Shuningdek, Iixtisoslashtirilgan (ruhiy, ftiziatriya va pulьmonologiya, pediatriya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalar (TIEK) tomonidan nogironlikni belgilash bekor qilinadi. Bu funktsiya tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga oʼtkaziladi.
Muhim oʼzgarishlardan biri, davlat xaridlari jarayoni takomillashtiriladi.
Bunda,davlat buyurtmachilari tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri shartnomalar ular tuzilishidan oldin kamida bir ish kuni, shuningdek, tender savdolari natijalariga koʼra rasmiylashtirilgan bayonnomalar davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirish orqali kamida ikki ish kuni davomida jamoatchilik muhokamasidan oʼtkaziladi.
Yagona yetkazib beruvchilar reestriga bozorda muqobillari boʼlmagan va texnik jihatdan murakkab tovarlarni yetkazib beruvchilar monopoliyaga qarshi kurashish organining xulosasi asosida kiritiladi.
Davlat xaridlari elektron tizimiga ushbu tizimdan roʼyxatdan oʼtgan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʼlgan tadbirkorlik subʼektlarini ular tomonidan ishlab chiqariladigan (etkazib beriladigan) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) mos keladigan davlat buyurtmasining tizimga joylashtirilganligi toʼgʼrisida xabardor qilish funktsiyasi kiritiladi.
Qonunchilikka koʼra, uy parrandasi goʼshtini olib kirishga imtiyozlar bekor qilinadi.
Yangi soʼyilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʼshti va qoʼshimcha ozuqabop mahsulotlari (butun goʼsht, qanot, bel, boʼyin, okorochok, golen, son, qiyma va teri) Oʼzbekiston hududiga olib kirishda bojxona boji boʼyicha imtiyoz berilgan edi.  Shuningdek, oʼquv markazlari reytingi tuziladi.
Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʼquv markazlarining Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzishni boshlaydi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi.
Qonunchilikka koʼra, ayollar va bolalar uchun birlamchi koʼmak xonalari ishga tushiriladi.
Barcha hududlarda shoshilinch qabul boʼlimida tunu-kun ishlaydigan birlamchi koʼmak xonalari tashkil etiladi.
Oʼzgarishlardan yani biri, alkogolь mahsulotlari ustidan yangi nazorat choralari oʼrnatiladi.
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogolь mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʼshimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
Yashirin ishlab chiqarish, aktsiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogolь mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʼtkaziladi.
Qalbaki aktsiz markali, aktsiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogolь va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Muhim oʼzgarishlardan biri, qurilishi tugallangan obʼektlar elektron platforma orqali qabul qilinadi.
Bunda,qurilishi tugallangan obʼektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Endilikda, «Mahalla yettiligi» fuqarolarning muammolarini hal qiladi
Fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va hal qilish bilan «Mahalla yettiligi» vakillari yagona soʼrovnoma asosida shugʼullanadi. U «Raqamli mahalla» platformasida joylashtiriladi. «Mahalla yettiligi» foydalanayotgan mavjud elektron platformalar «Raqamli mahalla» platformasi bilan integratsiya qilinadi.
Hujjat bilan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar boʼyicha choralar belgilanmoqda.
TUnga koʼra, texnik jihatdan talablarga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish toʼgʼrisidagi koʼrsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qoʼllanadi.
Shuningdek,sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi natijasida sifatsiz mahsulotlar qilinganligi holatlari aniqlanganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini toʼxtatib turiladi.

Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar bo’limi boshlig’i
P.Kojametov