Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Majburiy mehnatga jalb qilish taqiqlanadi


Majburiy mehnatga jalb qilish taqiqlanadi

Majburiy mehnat – biror bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish bajarishga majburlash hisoblanadi. Hech kim shaxsni ishdan bo‘shatib yuboraman, oyligingni kamaytiraman, lavozimingni tushiraman va hokazo tahdidlar bilan majburiy mehnatga jalb qilishga haqli emas.
Mansab vazifasidan tashqari har qanday ish majburiy mehnatdir-demak, xodimni zo‘rlash yoki qo‘rqitish, jazo qo‘llash, mehnat faoliyati va rag‘batlantirishni cheklash kabi usullar orqali bevosita mansab vazifasiga kirmaydigan har qanday ishga jalb qilish majburiy mehnat deb topiladi. Xodimlarni ularning ixtiyorisiz obodonlashtirish, mavsumiy qishloq xo‘jaligi va qurilish ishlariga, shuningdek, turli tadbirlarga jalb qilish kabilar ham majburiy mehnatning ko‘rinishlari deb baholanadi.
Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan 29-105-sonli konvensiyalari ham majburiy mehnatga qaratilgan bo‘lib, milliy qonunchiligimizda o‘z ifodasini topgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori davlat organlari ishidagi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga to‘liq barham berishga qaratilgan.
Ish beruvchi yoki biror mansabdor shaxsning fuqarolarni majburiy mehnatga jalb qilishi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lsa, pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksining 148(2)-moddasida pedagoglarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlash uchun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuchaytirildi. Pedagog xodimni mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash uchun, agar xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda  jarima yoki 3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilandi.
Xulosa o’rnida shuni aytadigan bo’lsak xodimlarning mansab vazifasidan tashqari har qanday ish majburiy mehnat ekanligi, bu uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligini unutmasligimiz lozim.

Amudaryo tumani adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori
S.D.Sultanov